Mustaqillikning 30-yilligini ulkan natijalar bilan kutib olishimiz kerak - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provol soveshanie s xokimami rayonov Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev provol soveshanie s xokimami rayonov Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, va ijtimoiy himoya sohalarida yuqori natijalarga erishish kerakligini ta’kidladi.
TOShKENT, 26-iyun - Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 30-yilligini ulkan natijalar bilan kutib olishimiz kerak, dedi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Toshkent shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda.
- Bu yil jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 30-yilligini nishonlaymiz. Bu bayramni ko‘tarinki ruh bilan, ulkan natijalar bilan kutib olishimiz kerak. Xalqimizni rozi qilish uchun yangi qirralarni, yangi imkoniyatlarni topishimiz zarur, - dedi Prezident.
Shavkat Mirziyoyev, xususan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, va ijtimoiy himoya sohalarida yuqori natijalarga erishish kerakligini ta’kidladi. Bu borada “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 24 ming nafar yoshlardan 19,5 ming nafarining bandligi ta’minlangani, Toshkentda “Ayollar daftari”ga kiritilgan 16 ming nafardan ziyod xotin-qizlarning barchasiga amaliy yordam berilgani aytib o‘tildi.
Shuningdek, mahallalarni obodonlashtirish, yo‘l va suv tarmoqlarini ta’mirlash, tibbiy xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provol soveshanie s xokimami rayonov Tashkenta
Shavkat Mirziyoyev provol soveshanie s xokimami rayonov Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2021
Shavkat Mirziyoyev provol soveshanie s xokimami rayonov Tashkenta
Yangiliklar lentasi
0