Jamiyat

Namozni ochiq havoda oʻqish tavsiya etildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrazdnichnыy namaz v chest Kurban-xayita v Tashkente
Prazdnichnыy namaz v chest Kurban-xayita v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2021
Respublika maxsus komissiyasi Oʻzbekistondagi barcha diniy konfessiyalarga ibodatlarni ochiq havoda, oraliq masofani saqlagan holda oʻtkazish tavsiya qildi.
TOSHKENT, 26 iyun - Sputnik. Namoz va boshqa ibodat amallarini ochiq havoda bajarish tavsiya etildi, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi.
Respublika maxsus komissiyasi tavsiyasi:
kunlik va juma namozlarini faqat masjidning ochiq havodagi maydonlari(ochiq ayvonlar, masjid hovlisi, masjidga tutash ichki koʻchalar)da tibbiy niqobda va oraliq masofani saqlagan holda tashkil etilishi;
65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslarga ular tomonidan diniy tadbirlarni imkon qadar uy sharoitida amalga oshirish;
Respublikada faoliyat yuritayotgan boshqa diniy konfessiyalarga mansub diniy tashkilotlarda ham jamoaviy ibodatlarni yuqoridagi tartiblar asosida amalga oshirish tavsiya etildi, deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonda ham koronavirusga chalinish holatlari keskin oshishi kuzatilmoqda. Yangi kasallik holatlari Toshkent shahrida koʻp uchramoqda. Maxsus komissiya qaroriga koʻra, 25 iyun kuni Toshkent shahriga kirishga cheklov oʻrnatilgan va "qizil hudud" deb eʼlon qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala