Oksana Chusovitina Jahon kubogida oltin medalni qo‘lga kiritdi

© Foto iz lichnogo arxiva Oksani ChusovitinoyOksana Chusovitina na Kubke mira po sportivnoy gimnastike v Katare
Oksana Chusovitina na Kubke mira po sportivnoy gimnastike v Katare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2021
Obuna bo‘lish
Iyul-avgustda Oksana Chusovitina sakkizinchi marotaba Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish uchun, Tokioga yo‘l oladi.
TOShKENT, 26-iyul – Sputnik. O‘zbekiston sporti afsonasi, yaqinda 46 yoshini nishonlagan gimnastikachi Oksana Chusovitina, o‘z muxlislarini quvontirishda davom etmoqda. Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida sportchi yana bir oltin medal sohibasi bo‘ldi.
Musobaqada Oksana Chusovitina fransiyalik raqibi Kollin Devillard va Misrlik Nensi Tamanni yengib birinchilikni qo‘lga kiritdi.
Iyul oyida Oksana Chusovitina, o‘z karyerasida sakkizinchi olimpiadada ishtirok etish uchun, Tokioga yo‘l oladi.
Eslatib o‘tamiz, Oksana Chusovitina 1975-yilda Buxoroda tug‘ilgan. Ilk bor olimpiada o‘yinlariga 1992-yilda qatnashgan. 2016-yilda Rio-de-Janeyro Olimpiadasidan so‘ng Ginesning rekordlar kitobiga o‘z karyerasida “7ta yozgi Olimpiada o‘yinldarida ishtirok etgan yagona sportchi” sifatida qayd etilgan. Chusovitina SSSR, O‘zbekiston va Germaniya jamoalari tarkibida xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan.
© Foto iz lichnogo arxiva Oksani ChusovitinoyOksana Chusovitina na Kubke mira po sportivnoy gimnastike v Katare
Oksana Chusovitina na Kubke mira po sportivnoy gimnastike v Katare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2021
Oksana Chusovitina na Kubke mira po sportivnoy gimnastike v Katare
Yangiliklar lentasi
0