Jamiyat

Rossiya NKVD faoliyati haqidagi muhim hujjatlarni Oʻzbekistonga topshiradi

© Press-slujba RosgvardiiDIREKTOR ROSGVARDII VIKTOR ZOLOTOV PROVEL RABOCHUYU VSTRECHU S KOMANDUYUЩIM NATSIONALNOY GVARDIYEY UZBEKISTANA RUSTAMOM DJURAYEVЫM
DIREKTOR ROSGVARDII VIKTOR ZOLOTOV PROVEL RABOCHUYU VSTRECHU S KOMANDUYUЩIM NATSIONALNOY GVARDIYEY UZBEKISTANA RUSTAMOM DJURAYEVЫM - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2021
Rosgvardiya tomonidan topshirilgan NKVD faoliyatiga oid foto va video materiallar Milliy gvardiya muzeyiga joylashtiriladi.
TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi boshligʻi Rustam Joʻrayev va Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov 25 iyun kuni onlayn uchrashuv oʻtkazishdi, deb xabar qilmoqda Rossiya muassasi.
Zolotov oʻzbekistonlik hamkasabasiga SSSR NKVDsining Ikkinchi Jahon urushi yillarida Respublika hududida olib borgan faoliyatiga taaluqli foto va video materiallarni topshirishini maʼlum qildi. Hujjatlar diplomatik kanallar orqali joʻnatiladi va keyinchalik Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi muzeyiga topshiriladi.
Uchrashuvda tomonlar, epidemiologik vaziyat barqarorlashganidan soʻng, birgalikda aksilterror oʻquv mashgʻulotlari tashkillashtirish, oʻzaro delegatsiyalar tashriflarini amalga oshirish, kadrlar tayyorlash, ommaviy sport va madaniy tadbirlarda xavfsizlikni taʼminlash hamda qoʻriqlash faoliyatida tajriba almashish borasida kelishib olishdi.
Uchrashuv yakunida Viktor Zolotov Rustam Joʻrayevni Sankt-Peterburgda 10-12 noyabr kunlari boʻlib oʻtadigan “EKSPOTEXNOSTRAJ-2021” - davlat va shaxs xavfsizligini taʼminlash eng yangi vositalari koʻrgazmasiga taklif qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala