Hodisalar

UzAutoga joʻnatilgan poʻlat listlar yoʻlda oʻgʻirlangani maʼlum boʻldi

© UzavtosanoatUzAvto soobщili o kraje stalnыx listyev
UzAvto soobщili o kraje stalnыx listyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2021
“Nexia-3”, “Gentra” va “Labo” avtomobillari kuzov qismlari uchun moʻljallangan poʻlat listlar yoʻlda oʻgʻirlangani maʼlum boʻldi.
TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Rossiyaning "Severstal" kompaniyasidan UzAutoga avtomobil kuzovi uchun detallar ishlab chiqarish maqsadida yuborilgan poʻlat listlarining bir qismi oʻgʻirlandi, deb xabar qilmoqda Oʻzavtosanoat.
Maʼlum boʻlishicha, temir yoʻl vagonlarida yuborilgan poʻlat listlarning bir qismi kompaniyaga yetib kelgunga qadar, nomaʼlum shaxslar tomonidan oʻgʻirlangan.
“Ushbu poʻlat listlar 2030 ta “Nexia-3” yoki 871 ta “Gentra” yoki 970 ta “Labo” avtomashinalari kuzov qismlarini ishlab chiqarish uchun ishlatilgan boʻlardi”, - deyilgan kompaniya xabarida.
Xizmat tekshiruvida aniqlangan barcha faktlar Oʻzbekiston Transport prokuraturasiga yuborildi. Kompaniya
aybdorlarni aniqlash, yetkazilgan zararni undirish va bu kabi holatlar kelgusida takrorlanmasligi uchun choralari koʻrilishiga umid qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala