Migratsiya

Yaqin kunlarda Moskvada mehnat migrantlari uchun emlash punktlari ochiladi

© Sputnik / Aleksandr KryajevMeditsinskiy rabotnik nabirayet v shprits rossiyskuyu vaktsinu "Sputnik V"
Meditsinskiy rabotnik nabirayet v shprits rossiyskuyu vaktsinu Sputnik V  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2021
Mehnat migrantlari "Sputnik Layt" vaktsinasi bilan emlanadi. Emlash punktlari migrantlar uchun qoʻlay boʻlgan joylarda ochiladi.
TOSHKENT, 26 iyun — Sputnik. Yaqin kunlar ichida Moskvada "Sputnik Layt" vaktsinasi roʻyxatdan oʻtkaziladi. Shundan soʻng migrantlar uchun qoʻylay boʻlgan joylarda emlash punktlari ochiladi, deb xaar qilmoqda RIA Novosti shahar merining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha oʻrinbosari Anastasiya Rakovaga asoslanib.
Ayni damda koronavirusga qarshi emlash Rossiyaning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda. Moskvada 2 mlnga yaqin kishi vaktsina olish uchun roʻyxatdan oʻtgan.
Bugungi kunda Rossiyada koronavirusga qarshi 4ta vaktsina ishlab chiqilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan. Bular 2020 yil avgustida Gamaleya nomidagi NITSEM tomonidan ishlab chiqilgan "Sputnik V" vaktsinasi, "Vektor" markazi tomonidan ishlab chiqilgan "EpiVakKorona", RFAning Chumakov nomidagi markazi tomonidan ishlab chiqilgan "KoviVak" vaktsinalaridir. May oyining boshida Gamaleya nomidagi markaz tomonidan toʻrtinchi vaktsina - "Sputnik Layt" ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala