Hodisalar

Buxoroda 25-30 yoshlardagi oʻndan ortiq erkakka tanosil kasalligini yuqtirgan ayol aniqlandi

© SS0 / Unsplash / Volkan OlmezDevushka, illyustrativnoye foto
Devushka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
Qorakoʻl tumanida istiqomat qiluvchi 26 yoshli ayol joriy yil 20 maydan tanosil kasalligini yuqtirib olgan shaxs sifatida roʻyxatga olingan.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Buxoro viloyatida oʻndan ortiq erkakka tanosil kasalligini qasddan yuqtirgan ayol aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qorakoʻl tumanida istiqomat qiluvchi 26 yoshli ayol 2021 yilning 20 may kunidan eʼtiboran tanosil kasalligini yuqtirib olgan shaxs sifatida viloyat Teri-tanosil kasalliklar dispanseri tomonidan roʻyxatga olingan. Ayol kasallikni boshqa shaxslarga yuqtirmaslik, bunday xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi toʻgʻrisida yozma ravishda ogohlantirilgan va undan tilxat olingan.
Siluet jenщinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.02.2021
Hodisalar
Buxoroda ayollarga qasddan OIV virusini yuqtirgan yigit qoʻlga olindi
Shunga qaramasdan ayol 25 maydan 6 iyunga qadar Jondor tumanida yashovchi 25-30 yoshlar atrofidagi oʻndan ortiq shaxslar bilan turli joylarda himoya vositalarisiz jinsiy aloqada boʻlib, ularga tanosil kasalligini yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 3-qismi "a" bandi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buxoro viloyati Jondor tumanida OIV infektsiyasini bila turib, oʻzgaga yuqtirgan ayol aniqlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala