Buxoroda 25-30 yoshlardagi o‘ndan ortiq erkakka tanosil kasalligini yuqtirgan ayol aniqlandi

© SS0 / Unsplash / Volkan OlmezDevushka, illyustrativnoe foto
Devushka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2021
Obuna bo‘lish
Qorako‘l tumanida istiqomat qiluvchi 26 yoshli ayol joriy yil 20-maydan tanosil kasalligini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Buxoro viloyatida o‘ndan ortiq erkakka tanosil kasalligini qasddan yuqtirgan ayol aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qorako‘l tumanida istiqomat qiluvchi 26 yoshli ayol 2021-yilning 20-may kunidan e’tiboran tanosil kasalligini yuqtirib olgan shaxs sifatida viloyat Teri-tanosil kasalliklar dispanseri tomonidan ro‘yxatga olingan. Ayol kasallikni boshqa shaxslarga yuqtirmaslik, bunday xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida yozma ravishda ogohlantirilgan va undan tilxat olingan.
Siluet jenshini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2021
Buxoroda ayollarga qasddan OIV virusini yuqtirgan yigit qo‘lga olindi
Shunga qaramasdan ayol 25-maydan 6-iyunga qadar Jondor tumanida yashovchi 25-30 yoshlar atrofidagi o‘ndan ortiq shaxslar bilan turli joylarda himoya vositalarisiz jinsiy aloqada bo‘lib, ularga tanosil kasalligini yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 3-qismi "a" bandi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyati Jondor tumanida OIV infeksiyasini bila turib, o‘zgaga yuqtirgan ayol aniqlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0