Dunyoda

Islandiya koronavirusga qarshi cheklovlarning hammasini bekor qildi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishReykyavik
Reykyavik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
U yerda aholining 87 foizi COVID-19 ga qarshi vaktsinaning kamida bitta dozasi bilan, qariyb 60 foizi esa toʻliq emlangan.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Islandiya hukumati 26 iyundan mamlakatda koronavirus qarshi kurashish maqsadida joriy etilgan cheklovlarning barchasini bekor qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
U yerda cheklov choralari oʻtgan yil mart oyida kiritilgan edi. Qayd etilishicha, hozir mamlakat aholisining 87 foizi COVID-19 ga qarshi vaktsinaning kamida bitta dozasi bilan, qariyb 60 foizi esa toʻliq emlangan.
Endilikda Islandiya aholisi ijtimoiy masofa saqlamasligi mumkin. Bundan tashqari, niqob taqish talabi hamda ommaviy tadbirlarga qoʻyilgan cheklovlar bekor qilingan.
“Biz jamiatning qulay va biz shunchalik intilgan turmush tarziga qaytyapmiz”, - degan mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Svandis Svavarsdottir.
Bloomberg” agentligi uning soʻzlaridan iqtibos keltirayotib, Islandiya shunga oʻxshash qoidalarni bekor qilgan Yevropadagi birinchi mamlakat boʻlishi mumkinligini qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala