Mirziyoyev OAVga bosim o‘tkazgan amaldorlar uchun javobgarlikni kuchaytirishni taklif qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2021
Obuna bo‘lish
Prezident matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Davlat rahbari jamiyatda yuz berayotgan muhim o‘zgarishlar, ustuvor g‘oya va tashabbuslarning ma’no-mohiyatini odamlarga tezkorlik va xolislik bilan yetkazadigan, hayotning qaynoq nuqtalariga dadil kirib boradigan soha xodimlariga mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan beqiyos hissasi uchun chuqur minnatdorlik bildirgan.
Asadjon Xodjayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2020
O‘zbek matbuotida senzura bormi? Asadjon Xodjayev jurnalistlar savollariga javob berdi
Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’siri, faoliyat samaradorligi va ta’sirchanligini oshirish, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, soha xodimlarining mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish biz uchun hamisha ustuvor vazifa bo‘lib kelmoqda.
Tabrik matnida keltirilishicha, ayni vaqtda sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish va jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish, davlat va jamiyat o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash, kuchli jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish ham oldimizda turgan muhim vazifadir.
“Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan ommaviy axborot vositalari ijodiy faoliyatiga to‘sqinlik qilish, senzura o‘rnatish, ularning faoliyatiga noqonuniy aralashish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish, materiallar va zarur texnik vositalarni ulardan g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni nazarda tutadigan moddalarni kuchaytirish lozim”, - deyilgan tabrikda.
Davlat rahbari mamlakatda demokratik yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, ommaviy axborot vositalari faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida davlat va jamiyat tomonidan sohani qo‘llab-quvvatlash, jurnalistlarning mashaqqatli mehnatini har tomonlama rag‘batlantirishga bundan buyon ham alohida e’tibor qaratilishini urg‘ulagan.
Yangiliklar lentasi
0