Qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga yetkazilgan zarar kompensatsiya qilinadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishkolyuchaya provoloka
kolyuchaya provoloka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2021
Obuna bo‘lish
Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etildi.
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi ekspert guruhi negizida Ombudsman huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhlari tashkil etildi.
Gauptvaxta, maxsus qabulxona, vaqtincha saqlash hibsxonasi, tergov hibsxonasi, jazoni ijro etish muassasasi, intizomiy qism, majburiy davolash muassasalarida (harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylar) qiynoqqa solishning oldini olish bo‘yicha monitoring tashriflarini muntazam amalga oshirish jamoatchilik guruhlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Qarorga ko‘ra:
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga joylashtirilgan shaxslarning yagona elektron reyestri yuritiladi;
harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar tomonidan qiynoqlar bo‘yicha advokatga yoki yaqin qarindoshiga telefon orqali murojaat qilish amaliyoti takomillashtiriladi;
qiynoqqa solishdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan zararni kompensatsiya qilish tartibi ishlab chiqiladi;
2021 yil 1-oktabrdan tezkor-qidiruv, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.
Bundan tashqari, Jinoyat kodeksida qiynoqqa solish uchun javobgarlik belgilovchi normalarni BMTning “Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashga qarshi Konvensiyasi” (Nyu-York, 1984-yil 10-dekabr) talablariga muvofiqlashtirish maqsadida qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalarni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Yangiliklar lentasi
0