Siyosat

Senat davlat tili toʻgʻrisidagi qonunga oʻzgartirish kiritishni maʼqulladi

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova17-oye plenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa RUz
17-oye plenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa RUz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
Yangi tahrirdagi qonunda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati kabi yangi normalar mavjud.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Senatorlar Senatning oʻn oltinchi yalpi majlisida "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat tili toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qonunni maʼqullashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi tahrirdagi qonun Oʻzbekiston prezidentining "Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" farmoni hamda Senat Kengashining "Davlat tili haqida"gi Oʻzbekiston qonunining Toshkent shahrida ijro etilishini oʻrganish natijalari toʻgʻrisida"gi qarori asosida ishlab chiqilgan.
Yangi tahrirdagi qonunda davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, Oʻzbekistonning davlat tili, Oʻzbekistonda boshqa tillarning maqomi, til boʻyicha kamsitishga yoʻl qoʻyilmaslik, davlat tilini rivojlantirishdagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari, Vazirlar Mahkamasining davlat tilini rivojlantirish boʻyicha vakolatlari, davlat organlari va tashkilotlarining davlat tilini rivojlantirish sohasidagi vakolatlari, davlat tilini rivojlantirish va davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazorati kabi yangi normalar mavjud.
Shuningdek, qonunda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida davlat tilining qoʻllanilishi, ish yuritish tili, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlarda davlat tilining qoʻllanilishi, normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularning loyihalarida foydalaniladigan til, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ishlatiladigan til, sud ishlarida yuritiladigan til, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish, fuqaroning shaxsini va huquqlarini tasdiqlashda qoʻllaniladigan til masalalari ham batafsil belgilangan.
Pervыy zvonok v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.05.2021
Jamiyat
Oʻzbekistondagi oʻzga tilli sinflarda oʻzbek tili chet tili kabi oʻrgatiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala