Jamiyat

Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonasining reanimatsiya boʻlimida boʻsh oʻrin qolmayapti

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishLecheniye bolnыx COVID-19
Lecheniye bolnыx COVID-19  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
Ayni paytda 2016 ta oʻringa ega boʻlgan shifoxonada 1400 nafardan ortiq bemor belgilangan standartlar boʻyicha davolanmoqda.
TOSHKENT, 27 iyun — Sputnik. Oxirgi 10-15 kun ichida Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga bemorlar murojaatlari koʻpaydi. Bu haqda muassasa direktori Anvar Husanov maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, soʻnggi kunlarda mamlakat, xususan, poytaxtdagi epidemiologik vaziyatning biroz murakkablashishi mazkur shifoxona faoliyatiga ham taʼsir etmay qolmagan.
V Tashkente v supermarketax i eko bazare startovala vaktsinatsiya naseleniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
Jamiyat
Toshkentdagi savdo majmualarida aholini COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlandi
“Ayniqsa, oxirgi ikki hafta davomida tibbiyot muassasamizga murojaat qiluvchi bemorlar soni keskin ortgani, biz shifokorlarni jiddiy tashvishga solmoqda. Xususan, ayni paytda 2016 ta oʻringa ega boʻlgan shifoxonada 1400 nafardan ortiq bemor belgilangan standartlar boʻyicha davolanmoqda”, - deydi Husanov.
Uning taʼkidlashicha, shifoxonada 6 ta reanimatsiya boʻlimi bor va ularda 232 ta oʻrin tashkil qilingan.
“Hozirgi kunda ushbu reanimatsiya boʻlimlarida 203 nafar bemor belgilangan standartlar boʻyicha davolanmoqda. Boʻsh oʻrinlar soni esa 29 tani tashkil etmoqda”, - dedi muassasa direktori.
Husanov reanimatsiya boʻlimidagi har bir oʻrin sunʼiy nafas berish va zamonaviy davolash apparatlari bilan jihozlanganini qoʻshimcha qildi. Shu bilan birga, har bir boʻlimda sanitar oʻtkazgich tashkil qilingan.
SSV maʼlumotlariga koʻra, mamlakatda kovid bilan kasallanganlar soni soni 109 223 nafarga yetgan. Shulardan 105 006 nafari shifo topgan. 729 kishi virus qurboni boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala