Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻonistonda toliblar Tojikiston bilan chegaradagi nazorat punktini egallab oldi

© AP Photo / Rahmat GulAfganskiy voyennыy
Afganskiy voyennыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Afgʻoniston qoʻshinlarining 17 nafar harbiysi Tojikiston hududiga chekinishga majbur boʻlgan.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Toliblarning Afgʻonistonning Balx viloyati Kaldor uyezdi Uchkuch chegara punktiga hujum qilishi oqibatida hukumat qoʻshinlarining 17 nafar harbiysi Tojikiston hududiga chekindi. Bu haqda RIA Novosti Tojikiston Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi chegara qoʻshinlari maʼlumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
“Mahalliy vaqt bilan soat 12:50 gacha davom etgan shiddatli toʻqnashuvlar oqibatida hukumat qoʻshinlarining 17 nafar harbiysi oʻz hayoti va shaxsiy tarkibni saqlab qolish uchun “Shahritus” chegara otryadining 1-posti orqali Tojikiston tomonga chekinishga majbur boʻlgan”, - deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, tojikistonlik chegarachilar insoniylik va ahil qoʻshnichilik tamoyillariga amal qilgan holda davlat chegarasini yorib kirgan afgʻonistonlik harbiylarga hech qanday toʻsiqsiz oʻz hududiga oʻtishga ruxsat bergan.
Tadjikskiye pogranichniki na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Ellik nafardan ortiq afgʻon harbiysi Oʻzbekiston hududiga oʻtdi – TIV bayonoti
“Ushbu chegara oldidagi hududda vaziyat keskinligicha qolmoqda, “Tolibon”* qurolli guruh va afgʻon hukumati qoʻshinlari oʻrtasidagi jangovar harakatlar davom etmoqda”, - deya qoʻshimcha qilgan agentlik suhbatdoshi.
Eslatib oʻtamiz, 22 iyun kuni “Tolibon”* radikal harakati jangarilari Afgʻonistonning Qunduz viloyatidagi Sherxon-Bandar chegara komissariatiga hujum qilgan edi. Afgʻoniston kuchlarining 134 nafar harbiylari Tojikiston hududiga chekinishga majbur boʻlgan. Keyinchalik ularning hammasi vataniga qaytgan. Maxsus reys ularni Kobulga eltib qoʻygan.
Boyeviki dvijeniya Taliban* - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar tojik-afgʻon chegarasini nazorat qilmoqda: endi nima boʻladi?
* Rossiya va qator mamlakatlarga taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala