Hodisalar

Angrenda PPX xodimi tabel qurolda oʻzini otib qoʻydi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBodi-kamera i znachok ispektora DPS
Bodi-kamera i znachok ispektora DPS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Holat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingan.
TOSHKENT, 28 iyun - Sputnik. Toshkent viloyatida Post-patrul xizmati xodimi oʻz jagʻiga oʻq uzgan. Bu haqda IIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 27 iyun kuni Angren shahrida roʻy bergan.
IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi 34 yoshli B.B Angren shahar IIBning 4-qavatida oʻziga biriktirilgan "PM" tabel qurolidan oʻzining jagʻ qismiga qarata bir marotaba oʻq uzgan. Safdor B.B olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan.
Oʻz joniga qasd qilish sabablari Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlarining maxsus tashkil etilgan guruhi tomonidan oʻrganilmoqda.
Holat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olinganligi aytilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala