Hafta davomida issiq ob-havo kuzatiladi

Obuna bo‘lish
Shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda harorat 43 darajagacha ko‘tariladi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. 28-iyundan boshlab O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.
Hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 22-25 gradus issiq, kunduz kunlari 38-41 daraja issiq bo‘ladi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladi.
Bunday harorat qiymatlari iyun oyi oxiri-iyul oyi boshidagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga ko‘p bo‘ladi.
“Biroq bizning O‘rta Osiyo iqlimimiz uchun, ayniqsa so‘nggi yillarda bu anomal hodisa emas”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0