Rossiya

Hind shtammidan himoya qilish uchun besh baravar koʻproq antitanachalar kerak – virusolog

© Facebook / Yevgeniy TimakovYevgeniy Timakov, Vrach-pediatr, infektsionist i vaktsinolog, glavnыy vrach medtsentra «Lider-Meditsina»
Yevgeniy Timakov, Vrach-pediatr, infektsionist i vaktsinolog, glavnыy vrach medtsentra «Lider-Meditsina» - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Doktor Timakov aytishiga koʻra, “hind shtammi” insonning immun toʻsiqlariga “chap berishni” oʻrganib olgan. Boshida u oddiy OʻRVIga oʻxshaydi lekin jiddiy oqibatlarga olib keladi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Infektsionist shifokor Yevgeniy Timakov aytishiga koʻra, COVID-19ning delta yoki “hind shtammi”ning xavfi nimada ekanini va pandemiyani qachon toʻxtatish mumkinligini tushuntirib berdi.
“Virus kutilganidan koʻra tezroq mutatsiya qilmoqda. Boshida virus bizning immun toʻsigʻimizni yengib oʻtishni bilmasdi. Ha, ular baribir zararli edi, lekin aholining 30%ga umumman taʼsir qilmas edi. Hatto kasallanganlar bilan yaqin muloqotda boʻlganda ham ularga virus yuqmas edi. Virusga bu maʼqul kelmagan shekilli, u oʻzini oʻzi oʻzgartirib, bizga moslasha boshladi”, - deb hikoya qiladi shifokor-infektsionist, tibbiyot fanlar nomzodi, "Lider-meditsina" markazining bosh vrachi Yevgeniy Timakov.
Koronavirusning “uxan turi” oʻtgan yilning kuzidan boshlab oʻzgara boshlagan. Dunyoning turli iqlimlariga tarqalar ekan, virus qulay sharoitlarga tushib qolgan.Shundan soʻng turli mamlakatlarda turlicha mutatsiyalar paydo boʻla boshlagan.
Rossiyada ham virusning epidemiologik sezilarni mutatsiyalari boʻlgan- sibir shtammi va shimoli-gʻarbiy shtamm. Lekin ushbu koʻrinishlar – patogen boʻlmagani uchun keng tarqalib ketmadi.
Vaktsina ZF-UZ-VAC2001 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Jamiyat
Oʻzbek-xitoy vaktsinasi "hind shtammi"ga ham qarshi tura oladi
Lekin issiq mamlakatlarda paydo boʻlgan shtammlar – “braziliya shtammi”, “Janubiy Afrika shtammi”, ”hind shtammi” – jiddiy oʻzgarishga erishib juda xavfli virusga aylangan. Hozir ulardan eng xavflisi – “hind shtammi”. U oʻzida 5ta mutatsiyani mujassamlashtirgan.
“Hind shtammi”ning eng xavfli xususiyati – u oddiy OʻRVI “niqobi” ostida odam immun toʻsiqlarini yengib oʻtishi va ogʻir asoratlarga olib kelishi mumkin.
Ushbu virusni qanday toʻxtatish mumin, degan savolga Yevgeniy Timakov, hozir insoniyat oldida turgan asosiy vazifa – virus uchun qulay boʻlgan sharoit va odam gavjum joylarda, virusning undan ham kuchliroq shtammi paydo boʻlishi uchun qulay sharoit yaratmaslik, deb javob berdi.
“Qulay sharoit bu – immuniteti pasaygan odamlar, koronavirusga immuniteti boʻlgan, lekin qayta kasallangan odamlar. Demak virus ularning immunitetini yengib oʻtgan. BIz hozir Hindistonda delta shtammidan tashqari ham delta+ shtammi paydo boʻlganini koʻrmoqdamiz. U yanada faol. Hozir asosiy masala - virusning yangi koʻrinishiniga qarshi kurash emas, umuman pandemiyani qanday tugatishni oʻylash kerak. Aks holda uzoq yillar davomida qoʻrquv ostida oʻtirishga toʻgʻri keladi. Buning uchun inson organizmida virusga qarshi kurashuvchi faol antitanachalar boʻlishi kerak”, - deydi shifokor.
Shu bilan birga, shifokor antitanachalar kamayishini kutib oʻtirmasdan, vaktsina olishni tavsiya qildi. Antitanachalar yuqori boʻlganda ham vaktsina olishmumkin. Buning xavfsizligini turli mamlakatlar va turli platformalarda oʻtkazilgan sinovlar tasdiqlaganini maʼlum qildi.
Zasuxa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Dunyoda
BMT yangi pandemiyani bashorat qildi. Unga qarshi vaktsina yoʻq
"Sputnik V"ning samaradorligi yuqori ekanini va u antitanachalar miqdorini kasallik orqali olingan immunitetga nisbatan bir necha barobar koʻproq oshirishinini yana bir bor eslatib oʻtdi.
“Nafaqat "Sputnik”, balkim barcha platformalarda ishlab chiqilgan barcha vaktsinalar kasallik orqali orttirilgan immunitetga nisbatan 1,3 - 1,5 barvar koʻproq virusni neytrallashtiruvchi antitanachalar ishlab chiqaradi.
“Inson organizmida vaktsina yanada samaraliroq faoliyat yuritadi, - deydi mutaxassis. – Nafaqat kasallikka chalinish, sunʼiy nafas olish apparati ostiga tushib qolish balkim koviddan soʻnggi sindrom xam juda xavfli. Yoshi 50dan oshganlar orasida u har ikkinchi kasalda uchraydi. U qon, qon hujayralari, endoteliyalar, qon tomirlari, nerv tizimi va umuman barcha organlarga taʼsir qiladi. Buning olidini olish uchun – vaktsina yagona vositadir ".
Vaktsinaning oʻzi tarkibida hech qanday virus yoʻq. U atromdagilar uchun ham zararli emas. Lekin emlangan odam ham vaktsinaning birinchi va ikkinchi dozalari orasida antitanachalar ishlab chiqarmasligi mumkin. Shu sababli ham u kasallikka chalinishi mumkin. Bu holat emlanganlar orasida 2%dan 30%gacha uchrashi mumkin.
“Vaktsinaning ikkinchi dozsidan soʻng ham kasal boʻlib qolish mumkin, lekin bunda vaktsina odamning kasallikning ogʻir oqibatlaridan himoya qiladi. Emlanganlarda kasallik yengil koʻrinishda va hatto sezilmay oʻtishi ham mumkin, - deydi Timakov. – Lekin bu organizmda virus yoʻq degani emas. Agar emlangan kishiga ham virus yuqsa, u atrofdagilarga yuqtirishi mumkin”.
Shifokor aytishiga koʻra, Rossiya va SSSRning sobiq mamlakatlarida emlash jarayoni jiddiy orqada qolgan, emlanganlar soni – 10%dan kam.
Ayrim hukumatlar tomonidan qabul qilinayotgan emlashni faollashtirish choralari, virusolog nuqtai nazaridan - oʻzini oqlaydi.
Koronavirus pandemiyasini birlamchi vaktsinatsiya barqaror oʻtkazila boshlanganidan soʻng nazoratga olish mumkin, deb hisoblaydi Timakov. Kelajakda esa, virusga qarshi antitanachalarni vaktsinaning bir dozasi bilan qoʻllab-quvvatlab turamiz. Buning uchun kamida 2 yil kerak boʻladi.
“Virus bizning tanamizga toʻliq oʻrganib olganicha 2 yil vaqt ketadi. Ushbu vaqt ichida insoniyatda ham yetarlicha kollektiv immunitet paydo boʻldi”, - deb xulosa qiladi Timakov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala