“Jazeera Airways” Toshkentga yangi reysni yo‘lga qo‘ymoqda

© Sputnik / A. Ignatov / Mediabankka o‘tishKuwait
Kuwait - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Obuna bo‘lish
“Jazeera Airways” aviakompaniyasi Kuvaytdan Toshkent shahriga yangi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. "Jazeera Airways" aviakompaniyasi Kuvaytdan Toshkent shahriga yangi aviaqatnovni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqida bugun, 28-iyun kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani doirasida ma’lum qilindi.
Turizm va sport vazirligi hamda "Jazeera Airways" aviakompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda "Jazeera Airways" ijrochi direktori Roxit Ramachandran ishtirok etdi.
Tadbir doirasida xabar berilishicha, Toshkent shahriga Kuvaytdan va Kuvaytdan Toshkentga haftasiga ikki aviareys yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, Bishkek shahriga ham haftasiga ikki marta aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Reyslar A320neo samolyotida amalga oshiriladi. Bortda yo‘lovchilar premium-toifali joylardan birini (1-3 qatorlar) tanlashlari mumkin, olib o‘tiladigan yuk normasi 30 kg’ni tashkil qiladi.
Na ulitsax Tashkenta proshli sorevnovaniya po kartingu
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Toshkentda poyga mashinalarining musobaqasi o‘tkazildi
Reys raqami - J9-655 - seshanba, shanba- Quvaytdan Bishkekka, jo‘nab ketish vaqti 22:25, yetib ketish vaqti 05:10.
J9-656 - chorshanba yakshanba – Bishkekdan Quvaytga, jo‘nab ketish vaqti 07:20, yetib ketish vaqti 08:45.
J9-649, chorshanba, yakshanba, Quvaytdan Toshkentga, jo‘nab ketish vaqti 20:35, yetib ketish vaqti 01:50.
J9-650, dushanba, payshanba, Toshkentdan Quvaytga, jo‘nab ketish vaqti 03:00, yetib ketish vaqti 04:55.
Yangi muntazam reyslar haqida so‘z borar ekan, "Jazeera Airways" ijrochi direktori Roxit Ramachandran shunday dedi:
“Jazeera Yaqin Sharq tomonidan yetarlicha xizmat ko‘rsatilmayotgan mamlakatlar bo‘ylab ko‘lamini kengaytirishda davom etadi va mehnat ta’tilini rejalashtirayotgan sayyohlarning yirik ko‘lamiga xizmat ko‘rsatadi. Butun dunyoda koronavirus inferksiyasiga qarshi vaksinatsiya davom etib kelayotgani bois bu yozgi mavsumda aeroportlar sayohatlar uchun xavfsiz deya e’tirof etilayotgan ajoyib maskanlarni taklif qilib, sekin-asta o‘z chegaralarini ochmoqda. Aviakompaniya uchuvchilari va bort kuzatuvchilari to‘liq vaksinatsiyadan o‘tishgan, shuning uchun mijozlarimiz biz bilan xavfsiz sayohat qilayotganliklariga ishonch hosil qilishlari mumkin”.
Vstrecha Sardora Umurzakova s glavoy Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
O‘zbekiston Tojikistonning agrosanoat sohasiga investitsiya kiritishi mumkin
Joy bron qilishdan avval yo‘lovchilar mahalliy vaksinatsiya qoidalari hamda PZR testlar legalligi bilan tanishib chiqishlari lozim, shundagina ularning to‘g‘ri olib borilayotganiga ishonch hosil qilish mumkin.
Ushbu e’longa muvofiq bugunga qadar Kuvaytga kirish faqatgina Kuvayt fuqaroligi bo‘lgan yo‘lovchilarga va ularning birinchi darajadagi qarindoshlariga ruxsat beriladi.Chet el pasporti egalariga 2021-yilning 1-avgustidan Quvaytga kirishga ruxsat etiladi. Yo‘lovchilarni barcha mahalliy qoida va tartibga rioya qilishlarini ta’minlash uchun rasmiy hokimiyat tomonidan berilayotgan yangiliklarni o‘qish tavsiya etiladi.
COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri“Jazeera”aviakompaniyasiyo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ko‘plab boshqa choralarniamalga oshirmoqda. Kengayib borayotgan AirbusA320neoaviaparki tibbiy toifaliHEPA havo filtrlari bilan jihozlangan. Bugun uning samolyotlarida va “Jazeera”ning Quvaytdagi T5 terminalida barcha xavfsizlik va ehtiyot choralari ko‘rilgan.
Yangiliklar lentasi
0