Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida ikki avtomobil yonib ketdi

© Press-slujba MChS UzbekistanaNa gazozapravochnoy stansii v Djizake proizoshol pojar
Na gazozapravochnoy stansii v Djizake proizoshol pojar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Obuna bo‘lish
Shoxobchadagi “Matiz” va “Nexia” avtomobillari yonib ketgan. Bunga texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgan.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Jizzax shahridagi gaz quyish shoxobchasida ikki avtomobil yonib ketdi.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 28-iyun kuni Sangzor mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.03.2021
Toshkent markazida ikkita mashina yonib ketdi
Qayd etilishicha, shoxobchadagi “Matiz” hamda “Nexia” rusumli avtomashinalarga gaz to‘ldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani bois yong‘in kelib chiqqan.
Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, qisqa fursat ichida bartaraf etilgan.
Ushbu holatda jabrlangan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan.
Yangiliklar lentasi
0