Dunyoda

OAV: Merkel COVID-19 tufayli britaniyaliklarning YEIga kirishini taqiqlashni taklif qiladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson i federalnыy kantsler FRG Angela Merkel
Premyer-ministr Velikobritanii Boris Djonson i federalnыy kantsler FRG Angela Merkel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Bir qator mamlakatlar, jumladan, Gretsiya, Ispaniya, Kipr, Malta va Portugaliya Germaniyaning bunday taklifiga qarshi chiqishni rejalashtirgan.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Germaniya kantsleri Angela Merkel yevropalik hamkasblari bilan koronavirusning hindcha “delta” shtammi tarqalishi sabab Buyuk Britaniya fuqarolarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga kirishini taqiqlash imkoniyatini muhokama qilmoqchi. Bu haqda “The Times” gazetasi xabar qildi.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, Merkel Buyuk Britaniyani “tashvish keltirib chiqaruvchi” mamlakat deb eʼlon qilib, britaniyaliklarning YEI mamlakatlarini kelishni taqiqlashni taklif qilish niyatida. Aniqlik kiritilishicha, taqiq Buyuk Britaniyaning ham emlangan, ham emlanmagan fuqarolariga taalluqli boʻlishi mumkin.
Gospital dlya bolnыx COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.06.2021
Dunyoda
BSST: "delta" shtammi dastlabki koronavirusdan ikki barobar yuqumliroq
Gazeta manbasining maʼlum qilishicha, bir qator mamlakatlar, jumladan, Gretsiya, Ispaniya, Kipr, Malta va Portugaliya Germaniyaning bunday taklifiga qarshi chiqishni rejalashtirgan.
Oʻtgan yil oktyabrida Hindistonda aniqlangan koronavirusning yangi shtammi “delta” deb nomlangan edi. Oʻshandan buyon u butun dunyo boʻylab tarqaldi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotlariga koʻra, “delta” shtammi 85 dan ziyod mamlakatlarda aniqlangan. Soʻnggi kunlarda Buyuk Britaniyada ham bu shtamm bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda. Shu bois hukumat ilgari bekor qilinishi rejalashtirilgan karantin choralarini ortga surishga majbur boʻlgan.
Jenщina, stradayuщaya ot problem s dыxaniyem, besplatno poluchayet kislorodnuyu podderjku v Gurudvare (sikxskom xrame) v Deli - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Jamiyat
Kovidning Hindistonda paydo boʻlgan delta-varianti alomatlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala