O‘zbekiston Tojikistonning agrosanoat sohasiga investitsiya kiritishi mumkin

© MIVTVstrecha Sardora Umurzakova s glavoy Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana
Vstrecha Sardora Umurzakova s glavoy Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Obuna bo‘lish
Tojikiston O‘zbekistonning klaster yondashuvi tajribasi hamda agrosanoatning turli sohalarida ilmiy ishlanmalar bilan bo‘lishishga qiziqish bildirdi.
TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Tojikistonning Co‘g‘d viloyatida agrosanoat loyialariga investitsiya kiritishi mumkin. Xususan ipakchilik va charm-poyabzal sohalariga. Bu haqida So‘g‘d viloyati raisi R.Axmadzodanining Sardor Umurzakov bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum bo‘ldi.
“Tomonlar yaqin kelajakda O‘zbekistonning Toshkent viloyati tadbirkorlari ishtirokida Tojikistonning Sug‘d viloyatida ipakni qayta ishlash zavodlarini tashkil etish va charm-poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha aniq takliflarni shakllantirishga kelishib oldilar”, - deyilgan xabarda.
R.Axmadzoda O‘zbekiston tajribasiga asoslangan holda, Tojikistonda klaster yondashuvi asosida to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga qiziqish yuqoriligini bildirdi.
Shuningdek, urug‘chilik, paxtachilik, chorvachilik, uzumchilik va boshqa sohalardagi ilmiy ishlanmalar bilan bo‘lishish maqsadida O‘zbekiston va Tojikiston ilmiy muassasalari o‘rtasida bevosita o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
© MIVTGlavoy Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana Radjabboy Axmadzoda
Glavoy Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana Radjabboy Axmadzoda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Glavoy Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana Radjabboy Axmadzoda
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning iyun oyida Tojikistonga bo‘lgan safari davomida ikki respublika o‘rtasida deyarli 100 million dollarlik 30 qo‘shma loyihani amalga oshirishga kelishib olingan va qiymati 300 million dollardan ortiq bo‘lgan 250 dan ortiq savdo shartnomalari imzolangan edi.
© MIVTVstrecha Sardora Umurzakova s glavoy Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana
Vstrecha Sardora Umurzakova s glavoy Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Vstrecha Sardora Umurzakova s glavoy Sogdiyskoy oblasti Tadjikistana
Yangiliklar lentasi
0