Prezidentning joriy haftadagi ish jadvali ma’lum qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Obuna bo‘lish
Hafta davomida davlat rahbarining respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan. Biroq bu sanitariya-epidemiologik vaziyatga bog‘liq bo‘ladi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevning joriy haftadagi ish jadvali borasida ma’lumot berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Hafta davomida rejalashtirilgan tadbirlar:
bugun, 28-iyun kuni, Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashuv, mis ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha alohida yig‘ilish o‘tkazish;
29 iyun kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, 1-iyul kuni uzum yetishtirish va qayta ishlash masalalari bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishish;
30 iyun kuni O‘zbekiston yoshlari va talabalari forumi doirasida yoshlar bilan uchrashuv.
Shuningdek, hafta davomida davlat rahbarining respublika hududlariga amaliy tashrif ham rejalashtirilgan. Bu haqda qo‘shimcha tarzda batafsil ma’lumot beriladi.
“Tashrifning amalga oshirilishi yoki bo‘lmasligi hududlar sanitariya-epidemiologik holati inobatga olingan holda hal etiladi”, - deya aniqlik kiritdi Sherzod Asadov.
Yangiliklar lentasi
0