Sport

Salohiddin Azimov Rossiyaning “SKA Yunost” yoshlar xokkey jamoasiga qabul qilindi

© SputnikIgrok kluba "Binokor" Salixiddin Azimov teper budet vыstupat v Rossii
Igrok kluba Binokor Salixiddin Azimov teper budet vыstupat v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Rossiya xokkeyidagi birinchi oʻzbekistonlik xokkeyichini barcha tabrikladi: sport maktabi direktori, jamoa bosh murabbiyi va hatto Sverdlovsk viloyati sport vaziri oʻrinbosari.
TOSHKENT, 28 iyun – Sputnik. “Binokor” yoshlar jamoasi xokkeychisi 12 yoshli Salohiddin Azimov Rossiyaning eng taniqli xokkey jamoasi tarkibidagi "SKA Yunost" yoshlar xokkey maktabiga jamoasiga qabul qilindi.
Yangi xokkeychini Yekaterinburg sport maktabida iliq kutib olishdi va muvaffaqiyatlar tilashdi.
“Bizning maktabda yangi oila aʼzosi paydo boʻldi. 2009 yilda tugʻilgan. Biz seni tabriklaymiz, sen bizning qatorimizga qoʻshilding! Davay, olgʻa!”, - dedi "SKA Yunost" xokkey maktabi direktori Sergey Nemolodыshev.
Yosh xokkeychiga jamoa ramzlari tushirilgan koʻk futbolka taqdim etildi. Orqa tomonidan 88 raqami va Azimov familiyasi yozilgan.
© SputnikIgrok kluba "Binokor" Salixiddin Azimov teper budet vыstupat v Rossii
Igrok kluba Binokor Salixiddin Azimov teper budet vыstupat v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Igrok kluba "Binokor" Salixiddin Azimov teper budet vыstupat v Rossii
Salohiddinni "SKA Yunost" maktabining katta murabbiyi Aleksandr Antropov ham tabrikladi.
“Men seni tabriklayman! Sen bizning maktabdagi oʻzbekistonlik birinchi xokkeychisan. Sen umuman men koʻrib turgan birinchi oʻzbekistonlik xokkeychi bolasan. "SKA Yunost" jamoasiga xush kelibsan. Endi birgalikda rivojlanamiz. Tishni tishga bosib mehnat qilamiz!”, - dedi murabbiy yosh sportchiga.
© SputnikIgrok kluba "Binokor" Salixiddin Azimov teper budet vыstupat v Rossii
Igrok kluba Binokor Salixiddin Azimov teper budet vыstupat v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Igrok kluba "Binokor" Salixiddin Azimov teper budet vыstupat v Rossii
Ushbu hodisa viloyat rahbariyati tomonidan ham mamnuniyat bilan qayd etildi. Sverdlovsk viloyati sport vaziri oʻrinbosari Andrey Zyablitsev aytishiga koʻra, bu Rossiya va Oʻzbekiston munosabatlariga ham yaxshi taʼsir qiladi.
“Seni Olimpiada oʻyinlaria Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibida kutamiz”, - dedi Zyablitsev.
Salohiddin Azimov 5 yoshidan boshlab xokkey bilan jiddiy shugʻullanib keladi. Ushbu vaqtga qadar u hatto Qozogʻiston bolalar jamoasi tarkibida legioner boʻlishga ulugurgan. Salohiddining oʻyinini video orqali tomosha qilgan mashhur hokkeychi Pavel Bure uni xokkeyda istiqbolli kelajak kutayotganini va hatto oʻz jamoasiga taklif qilishini vaʼda bergan edi.
Salohiddining ushbu natijaga erishishiga albatta uning otasi, Toshkentdagi “Binokor” klubi asosichisi va taʼsischisi Alisher Azimovning tutgan oʻrni katta. Bu haqida batafsil bizning intervyuda tanishishingiz mumkin.
© SputnikIgrok kluba "Binokor" Salixiddin Azimov teper budet vыstupat v Rossii
Igrok kluba Binokor Salixiddin Azimov teper budet vыstupat v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Igrok kluba "Binokor" Salixiddin Azimov teper budet vыstupat v Rossii
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala