Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 28 iyunya prinyal vitse-prezidenta Turetskoy Respubliki Fuata Oktaya
Shavkat Mirziyoyev 28 iyunya prinyal vitse-prezidenta Turetskoy Respubliki Fuata Oktaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan respublikada boʻlib turgan Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayni qabul qildi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan respublikada boʻlib turgan Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayni qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 28 iyunya prinyal vitse-prezidenta Turetskoy Respubliki Fuata Oktaya
Shavkat Mirziyoyev 28 iyunya prinyal vitse-prezidenta Turetskoy Respubliki Fuata Oktaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Shavkat Mirziyoyev 28 iyunya prinyal vitse-prezidenta Turetskoy Respubliki Fuata Oktaya
Ikki mamlakat amaliy hamkorligini yanada kengaytirish hamda yetakchi korxona va kompaniyalarning yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbari Oʻzbekiston-Turkiya doʻstlik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarida oliy darajadagi muntazam va sermahsul muloqot tufayli erishilgan bugungi darajani yuksak baholadi.
Vitse-prezident Turtsii Fuat Oktay - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Siyosat
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay Oʻzbekistonga keladi
Oʻz navbatida, vitse-prezident Fuat Oktay iliq qabul uchun Oʻzbekiston yetakchisiga minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Turkiya kompaniya va investorlarining mamlakatdagi faoliyatiga koʻrsatilayotgan katta koʻmak uchun alohida minnatdorchilik bildirildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanish surʼati va pandemiya oqibatlarini yengib oʻtish borasida koʻrilayotgan choralar alohida taʼkidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 28 iyunya prinyal vitse-prezidenta Turetskoy Respubliki Fuata Oktaya
Shavkat Mirziyoyev 28 iyunya prinyal vitse-prezidenta Turetskoy Respubliki Fuata Oktaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Shavkat Mirziyoyev 28 iyunya prinyal vitse-prezidenta Turetskoy Respubliki Fuata Oktaya
Xususan, yil boshidan turli darajalardagi almashinuv va muloqotlar faollashdi, oʻzaro savdo hajmi va qoʻshma investitsiya loyihalari soni muttasil ortib bormoqda. Bugun boʻlib oʻtgan qoʻshma Hukumatlararo komissiyaning tadbirlari va biznes vakillari ishtirokidagi ishbilarmonlik dasturi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Toshkent shahrida oʻtadigan Strategik hamkorlik kengashi ikkinchi yigʻilishining kun tartibini har tomonlama tayyorlash muhim ekani taʼkidlandi. Bular, eng avvalo, tovar ayirboshlash hajmi va kooperatsiya koʻlamini oshirish, Preferentsial savdo toʻgʻrisidagi bitimni qabul qilish, qoʻshma sanoat zonasini tashkil etish, Turkiyaning ilgʻor tajribasi, bilim va texnologiyalarini faol jalb qilgan holda raqamlashtirish, taʼlim va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi dasturlarni ilgari surish masalalaridir.
Mintaqaviy sheriklik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala