Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 28-iyunya prinyal vitse-prezidenta Tureskoy Respubliki Fuata Oktaya
Shavkat Mirziyoyev 28-iyunya prinyal vitse-prezidenta Tureskoy Respubliki Fuata Oktaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan respublikada bo‘lib turgan Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayni qabul qildi.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan respublikada bo‘lib turgan Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayni qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 28-iyunya prinyal vitse-prezidenta Tureskoy Respubliki Fuata Oktaya
Shavkat Mirziyoyev 28-iyunya prinyal vitse-prezidenta Tureskoy Respubliki Fuata Oktaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Shavkat Mirziyoyev 28-iyunya prinyal vitse-prezidenta Tureskoy Respubliki Fuata Oktaya
Ikki mamlakat amaliy hamkorligini yanada kengaytirish hamda yetakchi korxona va kompaniyalarning yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbari O‘zbekiston-Turkiya do‘stlik, ishonch va strategik sheriklik munosabatlarida oliy darajadagi muntazam va sermahsul muloqot tufayli erishilgan bugungi darajani yuksak baholadi.
Vitse-prezident Tursii Fuat Oktay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekistonga keladi
O‘z navbatida, vitse-prezident Fuat Oktay iliq qabul uchun O‘zbekiston yetakchisiga minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Turkiya kompaniya va investorlarining mamlakatdagi faoliyatiga ko‘rsatilayotgan katta ko‘mak uchun alohida minnatdorchilik bildirildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanish sur’ati va pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish borasida ko‘rilayotgan choralar alohida ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev 28-iyunya prinyal vitse-prezidenta Tureskoy Respubliki Fuata Oktaya
Shavkat Mirziyoyev 28-iyunya prinyal vitse-prezidenta Tureskoy Respubliki Fuata Oktaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Shavkat Mirziyoyev 28-iyunya prinyal vitse-prezidenta Tureskoy Respubliki Fuata Oktaya
Xususan, yil boshidan turli darajalardagi almashinuv va muloqotlar faollashdi, o‘zaro savdo hajmi va qo‘shma investitsiya loyihalari soni muttasil ortib bormoqda. Bugun bo‘lib o‘tgan qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning tadbirlari va biznes vakillari ishtirokidagi ishbilarmonlik dasturi yakunlari mamnuniyat bilan qayd etildi.
Toshkent shahrida o‘tadigan Strategik hamkorlik kengashi ikkinchi yig‘ilishining kun tartibini har tomonlama tayyorlash muhim ekani ta’kidlandi. Bular, eng avvalo, tovar ayirboshlash hajmi va kooperatsiya ko‘lamini oshirish, Preferensial savdo to‘g‘risidagi bitimni qabul qilish, qo‘shma sanoat zonasini tashkil etish, Turkiyaning ilg‘or tajribasi, bilim va texnologiyalarini faol jalb qilgan holda raqamlashtirish, ta’lim va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridagi dasturlarni ilgari surish masalalaridir.
Mintaqaviy sheriklik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0