Hodisalar

Toshkentda qiz yongʻindan qutulish maqsadida 4-qavatdan sakradi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishRabota skoroy pomoщi v Moskve
Rabota skoroy pomoщi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
FVV Yashnobod tumanidagi koʻp qavatli uylarning birida ayol oʻzini toʻrtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. FVV Yashnobod tumanidagi koʻp qavatli uylarning birida ayol oʻzini toʻrtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumanidagi koʻp qavatli uylarning birida yongʻin kelib chiqqani bois, ayol oʻzini toʻrtinchi qavatdan tashlab yuborgani aks etgan video tarqaldi.
Mazkur hodisa Toshkent shahar Yashnobod tumani Alimkent 1-tor koʻchasidagi koʻp qavatli uylarning birida sodir boʻlgan.
Tonuщaya devushka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.06.2021
Hodisalar
Toshkentda FVV xodimi choʻkayotgan fuqarolarni qutqarish vaqtida halok boʻldi
Aniqlanishicha, xonadondagi mebel jihozida (4 kv.m.) yongʻin kelib chiqqan. Natijada, mehmonga kelgan fuqaro S.A. uyning orqa tomonidagi derazadan chiqadi. FVV xodimlari tomonidan avtonarvon yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda ayolning qoʻllari toliqib, toʻrtinchi qavatdan oʻzini tashlaydi. Fuqaroga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, shifoxonaga yetkazildi.
Jabrlangan fuqaro travmatologiya boʻlimiga olib borilganda, u mast holda boʻlganligi maʼlum boʻldi. Hodisa oqibatida S.A.ga jiddiy jarohat yetmagan. Hozirda uning ahvoli oʻnglanmoqda. Yaqin kunlar ichida fuqaroga javob beriladi”, - deyilgan FVV bayonotida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala