Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekistonga keladi

© AFP 2023 / MARCO BERTORELLOVitse-prezident Tursii Fuat Oktay
Vitse-prezident Tursii Fuat Oktay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2021
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 28 iyun — Sputnik. Kelgusi haftada Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay O‘zbekiston tashrif buyuradi. Tashrifga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Turkiyaning respublikadagi elchisi Olgan Bekar muhokama qildi.
Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

“Shuningdek, kelgusi haftada Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktayning O‘zbekistonga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi”, - deyilgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.

Tashrif doirasida O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi hamda O‘zbek-turk biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tadbirlar doirasida ikki tomonlama hujjatlarning yirik to‘plamini imzolash rejalashtirilganligi va ularning amalda joriy etilishi O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining yanada rivojlanishiga yangi turtki berishi ta’kidlandi.
Mejdunarodniy aeroport imeni Ataturka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2021
Turkiya va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida aviaqatnovlar tiklanmoqda
Qo‘shma investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqishni nazarda tutgan holda kutilayotgan tadbirlar kun tartibini amaliy mazmun bilan to‘ldirish bo‘yicha yaqin hamkorlik qilishga kelishildi.
Yangiliklar lentasi
0