Video

Xitoy marsoxodining Qizil sayyoraga qoʻnishi – video

Xitoy milliy kosmik boshqarmasi “Tyanven-1” missiyasining Marsga qoʻnishi lavhalarini koʻrsatdi.
Unda Qizil sayyora sathida "Chjuchjun" marsoxodining parashyuti ochilishi va harakatlanishi aks etgan.
Xitoyning "Chjunchjun" marsoxodi "Tyanven-1" kosmik apparati bilan 15 may kuni ertalab Marsga muvaffaqiyatli qoʻndi.
Kosmik apparat oʻtgan yil iyul oyida Xitoy janubidagi Xaynan orolidan uchirilgan edi. U fevral oyi oxirida Mars orbitasiga kirgan. Shundan soʻng ikki oy davomida qoʻnish uchun mos keladigan joy qidirgan.
Har ikki appara sayyoraning geologik tuzilmasini, yuza qatlam tarkibini va Marsdagi muzliklarning taqsimlanishini oʻrganadi. Shuningdek, ular yordamida elektromagnit va gravitatsion maydonlarning oʻziga xosligi oʻrganiladi. Bu "Qizil sayyora"ning iqlimi haqida koʻproq maʼlumot olishga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala