Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga olmoqda. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashgan.

Afgʻonistonning yana 47 nafar fuqarosi Oʻzbekiston chegarasini buzdi – TIV

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Oʻzbekiston yana bir bor Afgʻonistonda keskinlik kuchayib borayotganidan xavotirda ekanligini bildirgan.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi davlat chegarasining Afgʻoniston fuqarolari tomonidan buzilishining yangi holatlarini maʼlum qildi.
27 iyun kuni 44 kishidan iborat Afgʻoniston chegara qoʻshinlari va mahalliy qurolli guruh vakillari Shoʻrtepa tumani hududida Oʻzbekistonning davlat chegarasini buzgan. Bir kun avval, yaʼni 26 iyun kuni chegaraning ushbu qismida qoʻshni mamlakat kuch ishlatar tizimlari 3 nafar vakilining Oʻzbekiston hududiga kirib kelish holati qayd etilgan. Vazirlik barcha Afgʻoniston fuqarolari oʻz vataniga qaytarilganini bildirgan.
“Oʻzbekiston hududiga bu kabi noqonuniy oʻtishga urinishlar qatʼiy ravishda bartaraf etiladi”, - deyilgan xabarda.
Oʻzbekiston yana bir bor Afgʻonistonda keskinlik kuchayib borayotganidan xavotirda ekanligini bildirgan va kurashayotgan tomonlarni tinch aholi orasida qurbonlar boʻlishining oldini olishga va kuch ishlatishdan tiyilishga chaqirgan.
Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻon qozoni qaynamoqda – Markaziy Osiyo yomon vaziyatga hozirlanmoqda
“Oʻzbekiston Hukumati Afgʻoniston bilan anʼanaviy doʻstona va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini davom ettirish, neytralitetni saqlash hamda qoʻshni mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanligini qatʼiy maʼlum qiladi”, - deyiladi TIV rasmiy bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, 23 iyun kuni 53 nafar afgʻon chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va mahalliy qurolli guruhlar Shoʻrtepa tumani hududidan Oʻzbekistonga oʻtgani xabar qilingan edi. Zaruriy surishtiruv va tergov tadbirlari oʻtkazilganidan soʻng ushbu afgʻon fuqarolari vataniga qaytarilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala