Bayrutda bir guruh shaxslar Sputnik muxbirini kaltaklashdi - video

© Sputnik / Mixail AlayeddinVid na naberejnuyu Beyruta v rayone mayaka so storoni morya.
Vid na naberejnuyu Beyruta v rayone mayaka so storoni morya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Obuna bo‘lish
Bayrutda Sputnik muxbiri Abed Al-Bay bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklandi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Bayrutda Sputnik muxbiri Abed Al-Bay bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklandi.
Jurnalist Falastin elchixonasi oldida "Fath" harakati va uning muxolifatchilarining mitingni tasvirga olayotgandi. U yerda Falastin maxsus xizmati tomonidan hibsga olingan faol Nizar Bannatning o‘limi yuzasidan norozilik namoyishiga chiqqanlar ham bor edi.
Jurnalist bir guruh kishilar tomonidan yigitni kaltaklashini videoga olishga muvaffaq bo‘ldi.
"Hujumchilar kamerani olib qo‘yishga harakat qilishdi, men uni o‘zim bilan yopib oldim - ular boshim va tanamga urishni boshlashdi. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman. Ular ko‘zim va qo‘llarimga zarar yetkazishdi", deydi Al-Bay.
“Fatx” harakati rahbariyati ushbu holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazish bo‘yicha choralar ko‘rishini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0