Hodisalar

Davlat organlari xizmatchilarini haqorat qilgan Jahongir Otajanovning harakati tekshiriladi

© InstgramDjaxongir Atadjanov
Djaxongir Atadjanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Jahongir Otajonov davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz chiqish qilgan.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Toshkent IIBB sobiq qoʻshiqchi Jahongir Otajanovning internet ijtimoiy tarmoqlaridagi chiqishiga munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, 17 iyun kuni poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati inspektori M.Ulugʻbek tumani Oltintepa koʻchasida harakatlanib kelayotgan “Gentra” avtomobilini toʻxtatgan. Haydovchida boshqaruv huquqini beruvchi hujjatlari boʻlmaganligi sababli avtoulov jarima maydoniga joylashtirilgan. Hozir ham u yerda saqlanmoqda, chunki tegishli hujjatlar taqdim etilmayapti.
Aniqlik kiritilishicha, mashina haydovchisi Jahongir Otajanovning ukasi Alisher Otajanov boʻladi.
Fontan iz deneg lishil Jaxongira Atadjanova litsenzii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Jamiyat
Jahongir Otajonov prezidentlikka nomzodini qoʻyishini maʼlum qildi
IIBB hozirda fuqaro Jahongir Otajonov oʻzining davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz chiqishlari orqali yaqinlarining huquqbuzarliklarini yashirish, oʻzining maishiy muammolariga omma eʼtiborini tortishga urinayotganini bildirgan.
“Mazkur fuqaroning harakatlarida tuhmat va haqorat qilish alomatlari mavjud boʻlganligi sababli holatga tegishli tartibda huquqiy baho beriladi”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala