Jamiyat

Mutaxassis emlangandan keyin ham koronavirus yuqtirib olish kuzatilishi yuzasidan izoh berdi

© Depositphotos / Kovop58@gmail.comAmpulы i shprits na sinem fone
Ampulы i shprits na sinem fone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Maʼlum boʻlishicha, Zangiotadagi shifoxonada davolanayotgan bemorlarning 11 nafari birinchi vaktsinatsiya bosqichidan soʻng shifoxonaga murojaat qilgan.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov koronavirus va emlanish haqidagi savollarga javob berdi.
Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, hozirda olinayotan barcha vaktsinalar koronavirusning mavjud shtammlaridan himoya qila oladi. Eng asosiysi, COVID-19ga qarshi emlanish kasallikning noxush va ogʻir asoratlaridan asraydi.
“Toʻgʻri, ayrim hollarda vaktsina olgandan keyin ham kasallanish mumkin, biroq bu holat asosan vaktsinatsiyaning faqatgina birinchi bosqichidan oʻtgan, yaʼni uni belgilangan tartibda toʻliq olmagan insonlarda kuzatiladi.Xususan, ayni paytda shifoxonamizda davolanayotgan 11 nafar bemor aynan birinchi vaktsinatsiya bosqichidan soʻng shifoxonaga murojaat qilgan boʻlib, ularning immun tizimida neytrallovchi antitanachalarning (Nab) titri hali toʻliq shakllanmagan davrda kasallanish yuz bergan”, - deydi Husanov.
Biroq shunday boʻlgan taqdirda ham bunday bemorlarda xastalik yengil va alomatlarsiz oʻtadi. Yaʼni, ogʻir asoratlar va oʻlim holatiga olib kelmaydi.
Uning taʼkidlashicha, koronavirusga qarshi immunitet vaktsinaning ikkinchi yoki uchinchi dozasidan soʻng 3 hafta davomida shakllanadi. Shu davrda emlangan inson oʻzini shaxsiy muhofaza qilishi oʻta muhimdir.
V Tashkente v supermarketax i eko bazare startovala vaktsinatsiya naseleniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.06.2021
Jamiyat
Toshkentdagi savdo majmualarida aholini COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlandi
“Shu maʼnoda, koronavirus infektsiyasi tufayli ogʻir ahvolga tushib qolgan bemorlarni davolayotgan shifokor sifatida barcha yurtdoshlarimizdan vaktsinatsiya tadbirlariga jiddiy eʼtibor berishlarini soʻragan boʻlardim”, - deya xulosa qildi shifoxona direktori.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala