Mutaxassis emlangandan keyin ham koronavirus yuqtirib olish kuzatilishi yuzasidan izoh berdi

© Depositphotos.com / Kovop58@gmail.comAmpuli i shpris na sinem fone
Ampuli i shpris na sinem fone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Obuna bo‘lish
Ma’lum bo‘lishicha, Zangiotadagi shifoxonada davolanayotgan bemorlarning 11 nafari birinchi vaksinatsiya bosqichidan so‘ng shifoxonaga murojaat qilgan.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Zangiota tumanidagi 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov koronavirus va emlanish haqidagi savollarga javob berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, hozirda olinayotan barcha vaksinalar koronavirusning mavjud shtammlaridan himoya qila oladi. Eng asosiysi, COVID-19ga qarshi emlanish kasallikning noxush va og‘ir asoratlaridan asraydi.
“To‘g‘ri, ayrim hollarda vaksina olgandan keyin ham kasallanish mumkin, biroq bu holat asosan vaksinatsiyaning faqatgina birinchi bosqichidan o‘tgan, ya’ni uni belgilangan tartibda to‘liq olmagan insonlarda kuzatiladi.Xususan, ayni paytda shifoxonamizda davolanayotgan 11 nafar bemor aynan birinchi vaksinatsiya bosqichidan so‘ng shifoxonaga murojaat qilgan bo‘lib, ularning immun tizimida neytrallovchi antitanachalarning (Nab) titri hali to‘liq shakllanmagan davrda kasallanish yuz bergan”, - deydi Husanov.
Biroq shunday bo‘lgan taqdirda ham bunday bemorlarda xastalik yengil va alomatlarsiz o‘tadi. Ya’ni, og‘ir asoratlar va o‘lim holatiga olib kelmaydi.
Uning ta’kidlashicha, koronavirusga qarshi immunitet vaksinaning ikkinchi yoki uchinchi dozasidan so‘ng 3 hafta davomida shakllanadi. Shu davrda emlangan inson o‘zini shaxsiy muhofaza qilishi o‘ta muhimdir.
V Tashkente v supermarketax i eko bazare startovala vaksinatsiya naseleniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.06.2021
Toshkentdagi savdo majmualarida aholini COVID-19 ga qarshi ommaviy emlash boshlandi
“Shu ma’noda, koronavirus infeksiyasi tufayli og‘ir ahvolga tushib qolgan bemorlarni davolayotgan shifokor sifatida barcha yurtdoshlarimizdan vaksinatsiya tadbirlariga jiddiy e’tibor berishlarini so‘ragan bo‘lardim”, - deya xulosa qildi shifoxona direktori.
Yangiliklar lentasi
0