Hodisalar

Navoiydagi ayanchli YTHda haydovchi va uning otasi halok boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoщi
Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
“Cobalt” haydovchisi Oʻ.Q. yoʻlda charchoq oqibatida rulda uxlab qolgan. Natijada qarama-qarshi yoʻldan kelayotgan maxsus (chiqindi tashuvchi) avtomashina bilan toʻqnashib ketgan
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Navoiy viloyati Konimex tumanida “Cobalt” va yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.
Viloyat YHXB matbuot xizmati xabariga koʻra, hodisa 27 iyun kuni soat 14:30 larda tuman hududidan oʻtgan A-379 Navoiy—Uchquduq—Zarafshon xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida roʻy bergan.
“Cobalt” haydovchisi Oʻ.Q. yoʻlda charchoq oqibatida rulda uxlab qolgan. Natijada qarama-qarshi yoʻldan kelayotgan HOWO Sinotroc rusumli maxsus (chiqindi tashuvchi) avtomashina bilan toʻqnashib ketgan.
Pyat chelovek postradali pri stolknovenii GAZ-5327 s avtomobilyami Matiz i Spark v Andijanskoy oblasti.  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.06.2021
Hodisalar
Andijonda mast haydovchi yirik YTH sodir etdi: besh kishi jarohatlandi
Hodisa oqibatida “Cobalt” haydovchisi va avtomashina old oʻrindigʻida yoʻlovchi sifatida ketayotgan uning otasi, nafaqaxoʻr R.Q. olgan ogʻir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Haydovchining orqa oʻrindigʻida boʻlgan turmush oʻrtogʻi Z.SH. tan jarohati olib, Konimex tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Konimex tuman IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala