Navoiydagi ayanchli YTHda haydovchi va uning otasi halok bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Obuna bo‘lish
“Cobalt” haydovchisi O‘.Q. yo‘lda charchoq oqibatida rulda uxlab qolgan. Natijada qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan maxsus (chiqindi tashuvchi) avtomashina bilan to‘qnashib ketgan
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Navoiy viloyati Konimex tumanida “Cobalt” va yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Viloyat YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa 27-iyun kuni soat 14:30 larda tuman hududidan o‘tgan A-379 Navoiy—Uchquduq—Zarafshon xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yo‘lida ro‘y bergan.
“Cobalt” haydovchisi O‘.Q. yo‘lda charchoq oqibatida rulda uxlab qolgan. Natijada qarama-qarshi yo‘ldan kelayotgan HOWO Sinotroc rusumli maxsus (chiqindi tashuvchi) avtomashina bilan to‘qnashib ketgan.
Pat chelovek postradali pri stolknovenii GAZ-5327 s avtomobilyami Matiz i Spark v Andijanskoy oblasti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2021
Andijonda mast haydovchi yirik YTH sodir etdi: besh kishi jarohatlandi
Hodisa oqibatida “Cobalt” haydovchisi va avtomashina old o‘rindig‘ida yo‘lovchi sifatida ketayotgan uning otasi, nafaqaxo‘r R.Q. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Haydovchining orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Z.Sh. tan jarohati olib, Konimex tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Konimex tuman IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0