Iqtisod

Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim loyihasi ishlab chiqiladi

© Press-slujba MIVT RUzMinistr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana S.Umurzakov vstretilsya s vitse-prezidentom Turtsii Fuatom Oktayem.
Ministr investitsiy i vneshney torgovli Uzbekistana S.Umurzakov vstretilsya s vitse-prezidentom Turtsii Fuatom Oktayem. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Oʻzbekiston va Turkiya yaqin kelajakda oʻzaro savdo hajmini yiliga 5 milliard dollarga yetkazishni koʻzlamoqda.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim loyihasini ishlab chiqiladi. Uni qabul qilish masalalarini Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Turkiya vitse – prezidenti Fuat Oktay muhokama qildi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining saʼy-harakatlari bilan Turkiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlik strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganligi va hozirgi vaqtda ham pandemiyaga qaramay, jadal rivojlanayotganligi qayd etildi.
Shu nuqtai nazardan, oliy darajadagi ikki tomonlama tadbirlarga, xususan, Strategik hamkorlik Kengashining joriy yildagi 2-yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar iqtisodiy sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Yaqin kelajakda oʻzaro savdo hajmini yiliga 5 milliard dollarga yetkazish uchun barcha zarur choralarni koʻrish yuzasidan yakdil fikrlar bildirildi.
“Ikki mamlakat oʻrtasida Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish masalalari muhokama qilindi. Mavjud masalalar boʻyicha yakuniy kelishuvlarga erishish va yaqin kelajakda ikki tomonlama muzokaralarning navbatdagi raundini oʻtkazish maqsadida ushbu yoʻnalishdagi hamkorlik yanada jadallashadi”, - deyilgan xabarda.
Oʻzbekistonda iqtisodiyotni va davlat boshqaruvini raqamlashtirish sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu sohada dolzarb muammolarni hal qilish hamda Turkiya tajribasidan foydalanish boʻyicha aniq takliflarni ishlab chiqish maqsadida axborot texnologiyalari va innovatsiyalar sohalari mutaxassislaridan iborat qoʻshma ishchi guruh tuzishga kelishib oldi.
Shavkat Mirziyoyev 28 iyunya prinyal vitse-prezidenta Turetskoy Respubliki Fuata Oktaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi
Shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilash, mintaqaviy rivojlanish, maxsus iqtisodiy zonalar samaradorligini oshirish va boshqa sohalarda Turkiya tajribasini Oʻzbekistonda joriy etish masalalari muhokama qilindi. Turkiyalik ekspertlarni jalb qilgan holda bu sohalardagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi. Turkiyalik ekspertlarni jalb qilgan holda bu sohalardagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turkiya vitse – prezidenti Fuat Oktay ishchi tashrif bilan Oʻzbekistonga kelgani va u prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala