Jamiyat

Oʻzbekistonga yana bir million doza ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasi olib kelindi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishXolodilnik laboratornыy dlya xraneniya vaktsinы
Xolodilnik laboratornыy dlya xraneniya vaktsinы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Ertaga ZF-UZ-VAC2001ning yana 1 million dozasi keltirilishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Bugun Oʻzbekistonga yana 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasi olib kelindi.
Ampulы i shprits na sinem fone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Jamiyat
Mutaxassis emlangandan keyin ham koronavirus yuqtirib olish kuzatilishi yuzasidan izoh berdi
Bu ushbu vaktsinaning respublikaga keltirilgan 6-partiyasi boʻlib, bundan avval ZF-UZ-VAC2001ning: 27 martda — 1 million doza, 27 aprelda — 1 million doza, 18 mayda — 1 million doza, 19 mayda — 500 ming doza, 10 iyunda — 1 million doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, Oʻzbekistonning vaktsina zaxirasi 6,4 million dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 3,4 million dozadan ortigʻi vaktsinatsiya jarayonlarida qoʻllanildi.
Ertaga ZF-UZ-VAC2001ning yana 1 million dozasi keltirilishi kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala