Analitika

“Qonunga rioya qilish toʻgʻrisidagi bitim”: Rossiyadagi migrantlarni qanday yangilik kutyapti

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSotrudniki politsii i passajir
Sotrudniki politsii i passajir - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Mehnat migrantlari endi Rossiya qonunlarini buzgan taqdirda ular bu uchun javobgarlik borligini bilmaganliklarini bahona qila olishmaydi. Bunga Rossiya ekspertlarining ishonchi komil. Chunki ular mamlakatga kirishda “qonunga rioya qilish toʻgʻrisidagi bitim”ga imzo chekishadi.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Migratsiya sohasidagi yangi federal qonun loyihasida yangi band paydo boʻldi – endilikda chet el fuqarolari Rossiyaga kirishda “qonunga rioya qilish toʻgʻrisidagi bitim” deb ataluvchi hujjatni imzolashadi. Bu ularning mamlakatda boʻlish va mehnat faoliyatini amalga oshirish qoidalari bilan tanishib chiqqanliklarini anglatadi.
Migratsiya toʻgʻrisidagi yangi qonun loyihasida aytilishicha, chet elliklar bu bitimni imzolayotib, ular qonunlarga rioya qilmaslik oqibatlari borasida xabardor qilinganliklari va mamlakatga zarar yetkazmaslikka rozilik berishlarini tasdiqlashadi. Shuningdek, migrantlar zimmasiga bitim shartlarini buzgan taqdirda mamlakatdan ehtimoliy chiqarib yuborilishi bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash majburiyati yuklanadi.
Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.06.2021
Migratsiya
Migrantlar qonunga amal qilish va Rossiyaga zarar yetkazmaslik haqida shartnoma imzolaydi

Buzding va bilarding? Uyingga ravona boʻl!

Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov bu kishiga u biror bir narsani bilmaganini aytishga imkon bermaydigan yaxshi vosita deb hisoblaydi. Ammo migrantlar ularga imzolash uchun tutqazilgan bitimni diqqat bilan oʻqib chiqishlariga shubha bildirdi.
“Hoynahoy uni hech kim diqqat bilan oʻqib chiqmaydi. Bu sizning shaxsiy maʼlumotlaringizga ishlov berish toʻgʻrisidagi hujjatday gap – siz uni qaramasdan imzolasangiz kerak. Lekin huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining ishlashi juda osonlashadi – qonunni buzding, zarar yetkazding, demak bila turib qilgansan – seni chiqarib yuborish kutmoqda”, - deya tushuntiradi Kojenov.
Vыdacha pervыx patentov v Yedinom migratsionnom tsentre Moskovskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.06.2021
Migratsiya
Patent, RVP va VNJ: muhim oʻzgarishlar kutilmoqda
Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya qonunlarini buzmaydiganlar uchun “qonunga rioya qilish toʻgʻrisidagi bitim”ning na foydasi bor, na zarari. Bu aynan qonunbuzarlar ustidan nazorat oʻrnatish vositasi.
Kojenov “bitim”dan tashqari yangi qonunda yana koʻplab jiddiy oʻzgarishlar borligini aytadi, ammo ularni hozircha rasman muhokama qilishmayapti. Ayrim tafsilotlar, yoki aniq bir choralar eʼlon qilinyapti, xolos. Munozara kuzda boshlanadi, deydi ekspert.

Migratsiya toʻgʻrisidagi yangi qonundan hammaga naf bor

“Aksioma” kompaniyalar guruhi tahlilchisi, mehnat migratsiyasi eksperti Dmitriy Ispovednikov yangi qonunchilikda paydo boʻladigan bu gʻoyaga ijobiy qaraydi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu Rossiyaga kirayotlarni mamlakat qonunchiligi bilan tanishtirish, ularni qonunlardan boxabar qilish maqsadida ilgari surilganini taʼkidlaydi. Ammo ekspert kim va qanday qilib migrantlarni xabardor qilishi, bu jarayon qanday tashkil etilishini hozircha tushunmayotganligini aytdi.
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yazыku - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.06.2021
Migratsiya
Rus tilida erkin soʻzlashish va Rossiya tarixi: migrantlarga qanday talablar qoʻyildi
“Qonunga rioya qilish toʻgʻrisidagi bitim”dan tashqari qonunda bir qator tuzatishlar koʻzda tutilmoqda. Bu patent, RVP, VNJ va Rossiya fuqaroligi uchun imtihonlarni oʻtkazishga ham taalluqli. Qolaversa, Rossiya hududida boʻlishni soddalashtirish ham belgilanadi.

Yashash joyidan roʻyxatdan oʻtish va chiqarib yuborish: ikki ogʻriqli masala

Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari boʻyicha kengashining migratsiya komissiyasi raisi Yuriy Moskovskiy “bitim” rasmiyatchilik jihatdan kishilarni koʻproq Rossiya qonunchiligiga rioya qilishga undashini aytadi.
“Bu nuqtai nazardan – bu “bitimni” imzolayotganlar uchun ruhiy taʼsir”.
Chunki shundoq ham Rossiya qonunchiligida hammasi belgilab qoʻyilgan: chiqarib yuborish, Rossiyaga kirishni taqiqlash, jinoiy javobgarlik. “Biroq “bitim” Rossiyada qonuniylikni yaratishdagi yana bir kichik gʻisht”, - deya qoʻshimcha qiladi Moskovskiy.
U bugungi kunda amal qilayotgan mehnat migrantlarini nazorat qilish tizimidagi muammolarga eʼtibor qaratadi. Ular orasida – yashash joyidan roʻyxatdan oʻtish va oʻsha yerda istiqomat qilish. Hammaga maʼlumki, “ayrim fuqarolar yaxshilik uchun yoki bir muncha toʻlov uchun uyida oʻnlab migrantlarni roʻyxatdan oʻtkazadi”. Soʻz oʻrnida, bu koʻplab migrantlarning patent olmasligi, noqonuniy ishlashi va Rossiya gʻaznasiga soliq toʻlamasligining sabablaridan biridir.
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2021
Migratsiya
Rossiyada qonunga rioya qiladigan migrantlarni chiqarib yuborishdan himoya qilishmoqchi
Yuriy Moskovskiy yangi qonunda bu qoidalar oʻzgarishiga umid qiladi, nazorat roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha emas (koʻpincha soxta), balki telefon, elektron pochta yoki FMS saytidagi shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi.
Ikki muammo – ikkita har qanday qoidabuzarlik uchun mamlakatdan chiqarib yuborish. Bu ham koʻchani belgilanmagan joydan kesib oʻtish boʻlish mumkin. Bunda hatto u yerda mashina boʻlmagani va migrant yoʻl-transport hodisasiga sababchi boʻlmagani inobatga olinmaydi. Avval boshdan barcha ekspertlar va hatto organ xodimlari bu jazo chorasi haddan ziyod ekanini aytishgandi. Jazo sodir qilingan harakatga mos kelmogʻi zarur, biroq bu band hozirgacha ishlayapti. Rossiyadan 3,5 milliongacha kishi allaqachon chiqarib yuborilgan”, - deydi ekspert.
Yuriy Moskovskiy bu meʼyor yangi qonunda bekor qilinishiga umid bildirmoqda va bu chorani bekor qilish toʻgʻrisidagi bahs soʻnggi ikki-uch yil ichida muntazam koʻtarilayotganini taʼkidlaydi.
Ekspert mana shu ikki bandni “qonunga rioya qilish toʻgʻrisidagi bitim”dagi eng muhim jihatlari deb hisoblaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala