Siyosat

Rossiya va Gʻarb munosabatlari haqida Lavrov bayonoti

© MID RFMinistr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Lavrov Putinning Jenevadagi Bayden bilan uchrashuvidan soʻng AQShning Rossiyaga nisbatan pozitsiyasini tanqid qildi
TOSHKENT, 28 iyun — Sputnik. Rossiya Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Jenevadagi sammitdan keyin AQShning Rossiyaga nisbatan pozitsiyasini keskin tanqid qildi.
Jumladan, Rossiya TIV rahbari 28 iyun kuni "Huquq, huquqlar va qoidalar" sarlavhasi ostida chop etgan oʻzining maqolasida Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning Jenevadagi sammitidan keyin Vashingtondan yangrayotgan bayonotlar ikki rahbar uchrashuvi vaqtida amerika tomoni egallagan pozitsiyaga umuman mos kelmasligini qayd etgan.
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Siyosat
Vladimir Putinning Jo Bayden bilan sammitdan keyingi muhim bayonotlari
Rossiya diplomatiyasi rahbari Putin va Bayden oʻrtasidagi muloqot - yadroviy urushga yoʻl qoʻymaslik haqidagi eng muhim faktni qayd etuvchi strategik barqarorlik boʻyicha koʻrgazmali muloqotni ishga tushirish toʻgʻrisida kelishuv bilan yakun topganini eslatib oʻtdi.
Kiberxavfsizlik masalalari, diplomatik vakolatxonalar faoliyati, har ikki mamlakatning jazoni oʻtayotgan fuqarolari taqdiri, shuningdek, mintaqaviy mojarolar masalalari boʻyicha maslahatlashuvlarni oʻtkazish maqsadga muvofiqligini har ikkala tomon ham tushungani, sammitning yana bir natijasi boʻlgan edi, deya davom etadi Lavrov.
Rossiya TIV rahbarining taʼkidlashicha, Putin muloqotda sanab oʻtilgan har bir sohada natijaga qatʼiy teng huquqlilik asosida "manfaatlarning oʻzaro maqbul muvozanatini" topish orqali erishish mumkinligini aniq belgilab bergan. Shu bilan birga, deya qoʻshimcha qiladi vazir, muzokaralar vaqtida Amerika tomonidan hech qanday eʼtirozlar boʻlmagan.
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Kolumnistlar
”Putin AQSH prezidenti boʻlsin!”: Gʻarb Rossiya rahbarining intervyusini muhokama qilmoqda
"Ammo muloqot deyarli yakun topishi bilan amerika rasmiylari, jumladan, jeneva uchrashuvi ishtirokchilari ham, zoʻrlik bilan eski ustanovkalarni belgilashni boshladilar: goʻyoki, ular Moskvaga "koʻrsatishgan, aniq ogohlantirishgan, talablarni belgilab berishgan". Shu bilan bir qatorda "ushbu barcha "ogohlantirishlar" tahdidlar bilan hamohanglikda yangragan edi: agar Moskva "bir necha oy ichida" unga Jenevada aytilgan "oʻyin qoidalarini" qabul qilmasa, u holda u yangi bosimga uchraydi", - deb yozgan Lavrov oʻz maqolasida.
Bundan tashqari, RF TIV rahbarining qoʻshimcha qilishicha, hozir ikki davlat sammitida tilga olingan maslahatlashuvlar qanday oʻtishiga aniqlik kiritmoq kerak.
Vstrecha Vladimira Putina s Djozefom Baydenom v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.06.2021
Kolumnistlar
Natija oldindan ayon: Jeneva sammitidan keyin nima roʻy bermaydi
"Shunday boʻlsada, muzokaralar yakuni boʻyicha bayon etilgan Vashingtonning eski pozitsiyasi oʻta namunaviydir, axir, Yevropa poytaxtlari "katta ogʻaning" kayfiyatini sezib qolib, darhol faol ravishda va huzur bilan unga joʻr boʻla boshlashdi. Yangrayotgan taʼkidlarning maʼnosi esa: Moskva bilan munosabatlarni normallashtirishga tayyormiz, ammo u avvaliga oʻz xatti-harakatlarini oʻzgartirmogʻi lozim", - deya taʼkidladi Lavrov.
Vazir fikriga koʻra, amerika amaldorlariga gapini maʼqullayotgan yevropa mamlakatlari pozitsiyalari Rossiya-Amerika uchrashuviga qadar boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda: Kornuolldagi G7 sammiti va Bryusseldagi NATO sammitida, shuningdek, Baydenning Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen bilan muloqotlari chogʻida ishlab chiqilgan boʻlishi mumkin.

Gʻarb kontseptsiyasi "ogʻir 90-yillarni" eslatadi - Lavrov

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov oʻz maqolasida, shuningdek, Gʻarbning "qoidalarga asoslangan dunyo tartibotini" "dushvor 90-yillar" bilan solishtirgan.
Lavrov oʻz maqolasida shunday yozadi: iyun oyida oʻtkazilgan NATO va G7 sammitlari shuni koʻrsatdiki: "ular, shubhasiz, shunday tayyorgarlik koʻrishganki, Gʻarb hammaga shuni namoyon etishga harakat qilgan: u har qachongindanda birdamroq va xalqaro masalalarda oʻzi toʻgʻri deb oʻylagan ishlarni amalga oshiradi, boshqalarni esa - avvalo, Rossiya va Xitoyni - oʻzi belgilab bergan yoʻnalishdan borishga majbur etadi", ikkala sammitning yakuniy hujjatlarida esa avvalo BMT Nizomida mustahkamlangan xalqaro huquqning umumbashariy tamoyillariga zid ravishda "qoidalarga asoslangan dunyo tartiboti" kontseptsiyasini ilgari surish aks ettirilgan.
Ministr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Siyosat
Rossiyaga qarshi gibrid urush olib borilmoqda - Lavrov
"Gʻarb oʻzlarining "qoidalarini", shuningdek, har kim imzolagan va davlatlarning aniq majburiyatlari va ularning bajarilishini tekshirishning shaffof mexanizmlarini oʻz ichiga olgan minglab xalqaro hujjatlar mavjud boʻlsa, nima uchun kerakligi haqidagi savollardan ehtiyotkorlik bilan qochadi. . Gʻarb oʻz "qoidalarini" rasshifrovka qilish, shuningdek, agar barcha tomonidan imzolangan va davlatlarning aniq majburiyatlari va ularning bajarilishini tekshirishning shaffof mexanizmlarini oʻz ichiga olgan minglab xalqaro hujjatlar mavjud bir vaqtda bu "qoidalar"ning nima uchun kerakligi haqidagi savollardan oʻzini puxtalik bilan olib qochmoqda.
"Gʻarb" qoidalarining "jozibasi" - ularda konkretika yoʻqligidadir: kimdir Gʻarb irodasiga qarshi harakat qilishi bilanoq, u darhol koʻr-koʻrona "qoidalarni buzganlikda" ayblaydi, (faktlarni keltirib oʻtirmaydi) va "qonunbuzarni" jazolash uchun "oʻz huquqini" eʼlon qiladi. Yaʼni, konkretlash qanchalik kam boʻlsa, raqobatchilarni nopok usullar bilan toʻxtatish uchun oʻzboshimchalikka shunchalik koʻp asos topiladi.
Rossiyada "dushvor" 1990-yillarda bu "tushuncha boʻyicha harakat qilish" deb nomlangan, deya taʼkidlaydi Lavrov.

Lavrov YEI "Rossiya bilan sammit gʻoyasini" nega dafn etganini tushuntirdi

Frantsiya va Germaniyaning Rossiya - Yevropa Ittifoqi sammitini oʻtkazish gʻoyasi tugʻilib ulgurmasidanov Yevropadagi rusofob ozchilikning pozitsiyasi tufayli dafn qilindikoʻmilgan edi, deya bayon etdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

"Shu bilan birga Yevropa ittifoqi siyosatini koʻpdan koʻp holatlarda agressiv rusofob kamchilik belgilamoqda, bu Bryusselda 24-25 iyun kunlari oʻtkazilgan va Rossiya bilan munosabatlar istiqbollari muhokama qilingan YEI sammitida toʻlaligicha oʻz isbotini topdi. A. Merkel va E. Makronning V. V. Putin bilan uchrashuv oʻtkazish tashabbusi dunyoga kelmasidanoq dafn etilgan edi", — deb yozgan Lavrov oʻz maqolasida.
AQSH vitse-prezidenti Jo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2016
Dunyoda
Jo Bayden: AQSH Boltiqboʻyi mintaqasidan ketmaydi
Lavrovning taʼkidlashicha, Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning 16 iyunda Jenevada oʻtkazilgan muzokaralaridan soʻng "YEI va NATO yetakchilari ularning Rossiyaga nisbatan qarashlarida hech narsa oʻzgarmagani - boz ustiga ular, goʻyoki Moskva bilan munosabatlarni yanada yomonlashtirishga tayyor ekanliklari" haqida bayonotlar qilishga shoshildilar".
"Sharhlovchilarning taʼkidlashicha, AQSH Jenevada oʻtkazilgan Rossiya-Amerika sammiti fakti bilan - ushbu tashabbusga yoʻl ochishgan, ammo boltiqboʻyi mamlakatlari polyaklar bilan birgalikda Berlin va Parijning "oʻzboshimchaligini" darhol toʻxtatishdi (Germaniya va Frantsiyaning Kiyevdagi elchilari esa ushbu "oʻzboshimchalik" boʻyicha tushuntirish berish uchun Ukraina TIVga chaqirtirildi). Bryusseldagi muhokamalar natijasi quyidagicha boʻldi: Yevropa Komissiyasi va Yevropa tashqi siyosat xizmatiga Moskvaga qarshi yangi sanktsiyalarni ishlab chiqish topshirildi - hozircha hech qanday "ayblarga" ishora qilmagan holda, shunchaki, zahira uchun. Istak tugʻilganda, albatta, nimadir oʻylab topishadi", - deb yozadi Rossiya TIV rahbari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala