Rossiya va G‘arb munosabatlari haqida Lavrov bayonoti

© MID RFMinistr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Obuna bo‘lish
Lavrov Putinning Jenevadagi Bayden bilan uchrashuvidan so‘ng AQShning Rossiyaga nisbatan pozitsiyasini tanqid qildi
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Rossiya Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Jenevadagi sammitdan keyin AQShning Rossiyaga nisbatan pozitsiyasini keskin tanqid qildi.
Jumladan, Rossiya TIV rahbari 28-iyun kuni "Huquq, huquqlar va qoidalar" sarlavhasi ostida chop etgan o‘zining maqolasida Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning Jenevadagi sammitidan keyin Vashingtondan yangrayotgan bayonotlar ikki rahbar uchrashuvi vaqtida amerika tomoni egallagan pozitsiyaga umuman mos kelmasligini qayd etgan.
Vstrecha prezidentov Rossii i SShA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
Vladimir Putinning Jo Bayden bilan sammitdan keyingi muhim bayonotlari
Rossiya diplomatiyasi rahbari Putin va Bayden o‘rtasidagi muloqot - yadroviy urushga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi eng muhim faktni qayd etuvchi strategik barqarorlik bo‘yicha ko‘rgazmali muloqotni ishga tushirish to‘g‘risida kelishuv bilan yakun topganini eslatib o‘tdi.
Kiberxavfsizlik masalalari, diplomatik vakolatxonalar faoliyati, har ikki mamlakatning jazoni o‘tayotgan fuqarolari taqdiri, shuningdek, mintaqaviy mojarolar masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqligini har ikkala tomon ham tushungani, sammitning yana bir natijasi bo‘lgan edi, deya davom etadi Lavrov.
Rossiya TIV rahbarining ta’kidlashicha, Putin muloqotda sanab o‘tilgan har bir sohada natijaga qat’iy teng huquqlilik asosida "manfaatlarning o‘zaro maqbul muvozanatini" topish orqali erishish mumkinligini aniq belgilab bergan. Shu bilan birga, deya qo‘shimcha qiladi vazir, muzokaralar vaqtida Amerika tomonidan hech qanday e’tirozlar bo‘lmagan.
Prezident RF V. Putin dal intervyu amerikanskoy telekompanii NBC - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.06.2021
”Putin AQSh prezidenti bo‘lsin!”: G‘arb Rossiya rahbarining intervyusini muhokama qilmoqda
"Ammo muloqot deyarli yakun topishi bilan amerika rasmiylari, jumladan, jeneva uchrashuvi ishtirokchilari ham, zo‘rlik bilan eski ustanovkalarni belgilashni boshladilar: go‘yoki, ular Moskvaga "ko‘rsatishgan, aniq ogohlantirishgan, talablarni belgilab berishgan". Shu bilan bir qatorda "ushbu barcha "ogohlantirishlar" tahdidlar bilan hamohanglikda yangragan edi: agar Moskva "bir necha oy ichida" unga Jenevada aytilgan "o‘yin qoidalarini" qabul qilmasa, u holda u yangi bosimga uchraydi", - deb yozgan Lavrov o‘z maqolasida.
Bundan tashqari, RF TIV rahbarining qo‘shimcha qilishicha, hozir ikki davlat sammitida tilga olingan maslahatlashuvlar qanday o‘tishiga aniqlik kiritmoq kerak.
Vstrecha Vladimira Putina s Djozefom Baydenom v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2021
Natija oldindan ayon: Jeneva sammitidan keyin nima ro‘y bermaydi
"Shunday bo‘lsada, muzokaralar yakuni bo‘yicha bayon etilgan Vashingtonning eski pozitsiyasi o‘ta namunaviydir, axir, Yevropa poytaxtlari "katta og‘aning" kayfiyatini sezib qolib, darhol faol ravishda va huzur bilan unga jo‘r bo‘la boshlashdi. Yangrayotgan ta’kidlarning ma’nosi esa: Moskva bilan munosabatlarni normallashtirishga tayyormiz, ammo u avvaliga o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirmog‘i lozim", - deya ta’kidladi Lavrov.
Vazir fikriga ko‘ra, amerika amaldorlariga gapini ma’qullayotgan yevropa mamlakatlari pozitsiyalari Rossiya-Amerika uchrashuviga qadar bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda: Kornuolldagi G7 sammiti va Brusseldagi NATO sammitida, shuningdek, Baydenning Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen bilan muloqotlari chog‘ida ishlab chiqilgan bo‘lishi mumkin.

G‘arb konsepsiyasi "og‘ir 90-yillarni" eslatadi - Lavrov

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘z maqolasida, shuningdek, G‘arbning "qoidalarga asoslangan dunyo tartibotini" "dushvor 90-yillar" bilan solishtirgan.
Lavrov o‘z maqolasida shunday yozadi: iyun oyida o‘tkazilgan NATO va G7 sammitlari shuni ko‘rsatdiki: "ular, shubhasiz, shunday tayyorgarlik ko‘rishganki, G‘arb hammaga shuni namoyon etishga harakat qilgan: u har qachongindanda birdamroq va xalqaro masalalarda o‘zi to‘g‘ri deb o‘ylagan ishlarni amalga oshiradi, boshqalarni esa - avvalo, Rossiya va Xitoyni - o‘zi belgilab bergan yo‘nalishdan borishga majbur etadi", ikkala sammitning yakuniy hujjatlarida esa avvalo BMT Nizomida mustahkamlangan xalqaro huquqning umumbashariy tamoyillariga zid ravishda "qoidalarga asoslangan dunyo tartiboti" konsepsiyasini ilgari surish aks ettirilgan.
Ministr inostrannix del Rossii Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2021
Rossiyaga qarshi gibrid urush olib borilmoqda - Lavrov
"G‘arb o‘zlarining "qoidalarini", shuningdek, har kim imzolagan va davlatlarning aniq majburiyatlari va ularning bajarilishini tekshirishning shaffof mexanizmlarini o‘z ichiga olgan minglab xalqaro hujjatlar mavjud bo‘lsa, nima uchun kerakligi haqidagi savollardan ehtiyotkorlik bilan qochadi. . G‘arb o‘z "qoidalarini" rasshifrovka qilish, shuningdek, agar barcha tomonidan imzolangan va davlatlarning aniq majburiyatlari va ularning bajarilishini tekshirishning shaffof mexanizmlarini o‘z ichiga olgan minglab xalqaro hujjatlar mavjud bir vaqtda bu "qoidalar"ning nima uchun kerakligi haqidagi savollardan o‘zini puxtalik bilan olib qochmoqda.
"G‘arb" qoidalarining "jozibasi" - ularda konkretika yo‘qligidadir: kimdir G‘arb irodasiga qarshi harakat qilishi bilanoq, u darhol ko‘r-ko‘rona "qoidalarni buzganlikda" ayblaydi, (faktlarni keltirib o‘tirmaydi) va "qonunbuzarni" jazolash uchun "o‘z huquqini" e’lon qiladi. Ya’ni, konkretlash qanchalik kam bo‘lsa, raqobatchilarni nopok usullar bilan to‘xtatish uchun o‘zboshimchalikka shunchalik ko‘p asos topiladi.
Rossiyada "dushvor" 1990-yillarda bu "tushuncha bo‘yicha harakat qilish" deb nomlangan, deya ta’kidlaydi Lavrov.

Lavrov YeI "Rossiya bilan sammit g‘oyasini" nega dafn etganini tushuntirdi

Fransiya va Germaniyaning Rossiya - Yevropa Ittifoqi sammitini o‘tkazish g‘oyasi tug‘ilib ulgurmasidanov Yevropadagi rusofob ozchilikning pozitsiyasi tufayli dafn qilindiko‘milgan edi, deya bayon etdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.

"Shu bilan birga Yevropa ittifoqi siyosatini ko‘pdan ko‘p holatlarda agressiv rusofob kamchilik belgilamoqda, bu Brusselda 24-25 iyun kunlari o‘tkazilgan va Rossiya bilan munosabatlar istiqbollari muhokama qilingan YeI sammitida to‘laligicha o‘z isbotini topdi. A. Merkel va E. Makronning V. V. Putin bilan uchrashuv o‘tkazish tashabbusi dunyoga kelmasidanoq dafn etilgan edi", — deb yozgan Lavrov o‘z maqolasida.
AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2016
Jo Bayden: AQSh Boltiqbo‘yi mintaqasidan ketmaydi
Lavrovning ta’kidlashicha, Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning 16-iyunda Jenevada o‘tkazilgan muzokaralaridan so‘ng "YeI va NATO yetakchilari ularning Rossiyaga nisbatan qarashlarida hech narsa o‘zgarmagani - boz ustiga ular, go‘yoki Moskva bilan munosabatlarni yanada yomonlashtirishga tayyor ekanliklari" haqida bayonotlar qilishga shoshildilar".
"Sharhlovchilarning ta’kidlashicha, AQSh Jenevada o‘tkazilgan Rossiya-Amerika sammiti fakti bilan - ushbu tashabbusga yo‘l ochishgan, ammo boltiqbo‘yi mamlakatlari polyaklar bilan birgalikda Berlin va Parijning "o‘zboshimchaligini" darhol to‘xtatishdi (Germaniya va Fransiyaning Kiyevdagi elchilari esa ushbu "o‘zboshimchalik" bo‘yicha tushuntirish berish uchun Ukraina TIVga chaqirtirildi). Brusseldagi muhokamalar natijasi quyidagicha bo‘ldi: Yevropa Komissiyasi va Yevropa tashqi siyosat xizmatiga Moskvaga qarshi yangi sanksiyalarni ishlab chiqish topshirildi - hozircha hech qanday "ayblarga" ishora qilmagan holda, shunchaki, zahira uchun. Istak tug‘ilganda, albatta, nimadir o‘ylab topishadi", - deb yozadi Rossiya TIV rahbari.
Yangiliklar lentasi
0