Siyosat

Saudiya Arabistoni Toshkentda boʻlib oʻtadigan anjumanga taklif qilindi

© Sputnik / Aleksandr Yuryev / Fotobankka oʻtishVid goroda Er-Riyad - stolitsы Saudovskoy Aravii
Vid goroda Er-Riyad - stolitsы Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatishga qaratilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” anjumaniga barcha Markaziy Osiyo davlatlari, Afgʻoniston, Pokiston va boshqa davlatlar taklif qilingan.
TOSHKENT, 29 iyun – Sputnik. Bugun Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni qirolligi tashqi ishlar vazirlari orasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 4-raundi, videokonferentsiya shaklida boʻlib oʻtdi.

Onlayn uchrashuvda Toshkentda 15-16 iyul kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” nomli xalqaro anjumanda Saudiya Arbistonining yuqori darajada ishtirok etishining tashkiliy masalalari muhokama qilindi.

Undan tashqari tomonlar ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanetar munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Anjumanda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Iyd as-Sakafi ishtirok etishdi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: hududiy bogʻliqlik. Chaqiriq va imkoniyatlar” nomli xalqaro anjumanning asosiy maqsadi – Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish masalasidir. Unga Markaziy Osiyo davlatlari, Afgʻonistondagi turli kuchlar vakillari, Pokiston, Eron, AQSH va boshqa davlat vakillari taklif qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala