Jamiyat

"Sputnik V" yaratuvchisi uning hind shtammiga qarshi samaradorligini aytdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishDenis Logunov
Denis Logunov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Koronavirusning "hind" shtammi virusning boshqa turlariga qaraganda 2 baravar yuqumliroq. U inson organizmidagi immunitet toʻsiqlarini aylanib oʻtish xususiyatiga ega.
TOSHKENT, 29 iyun – Sputnik. Gamaleya nomidagi Milliy Milliy Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi "Sputnik V" vaktsinasi koronavirusning delta yoki “hind” shtammiga qarshi 90 % samaradorligini maʼlum qildi.

“YEMIAS va YEGISZ elektron tizimlari orqali toʻplangan maʼlumotlarga asosan, "Sputnik V"ning “hind” shtammiga qarshi samaradorligi 90% darajasida saqlanib qoladi”, - dedi Gamaleya Markazining ilmiy ish boʻyicha direktor oʻrinbosari Denis Logunov "Rossiya Segodnya"da boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Logunov aytishiga koʻra, vaktsina samaradorligi turli uslublar yordamida baholangan. Emlanganlar qon zardobida hind shtammiga qarshi samaradorlik 2,6 baravar kamayishni koʻrsatgan boʻlsada, bu faqat bir koʻrsatgichdir xolos. Bu vaktsinaning umumiy samaradorligi pasayganini anglaytmaydi.
Eslatib oʻtamiz, koronavirusning hind shtammi (V.1.617) ilk bor oʻtgan yilning oktyabr oyida aniqlangan edi. Keyinroq unga delta shtamm deb nom berishdi. JSST mutaxassislari koronavirusning ushbu koʻrinishini eng xavfli deb atadi va kelajakda dominant turga aylanishi mumkinligini maʼlum qildi. Delta shtamm virusning boshqa turlariga qaraganda 2 baravar yuqumliroq va shu bilan birga mutatsiya qilishda davom etmoqda. Yaqinda Nepalda “Delta plyus” shtammi paydo boʻlgani haqida xabar qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala