Jamiyat

Surxondaryo viloyatidagi masjid buzilmaydi - hokimlik bayonoti

© Sputnik / Aleksandr Paniotov / Fotobankka oʻtishKupol mecheti
Kupol mecheti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Surxondaryodagi "Chilgaz ota" masjidi buzilayapti, degan xabarlarga javoban viloyat matbuot-xizmati masjid buzilmasligi, aksincha, yana bir zamonaviy yangi bino qurilishini bildirdi.
TOSHKENT, 29 iyun - Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan viloyat hokimi Toʻra Bobolov masjidlardan birini buzdirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilgan:
Viloyat hokimi Toʻra Bobolov 2021 yilning 26 iyun kuni Qiziriq tumanining Rabatak mahallasida boʻlganida faollar tomonidan markaziy “Chilgaz ota” jome masjidi namozxonlar uchun torlik qilayotgani aytilib, uning oʻrnida zamonaviy qulayliklarga ega, sigʻimi 3 ming kishilik yangi masjid qurish taklifi bildirilgan.
Viloyat hokimi masjiddagi shart-sharoitlar bilan tanishgach, faollarning taklifini qoʻllab-quvvatlagan. Masjid joylashgan hududda uni kengaytirishning imkoni yoʻqligi inobatga olinib, zamonaviy qulayliklarga ega yangi markaziy masjidni bunyod etish uchun boshqa joydan yer ajratish, bunisini mahalla namozxonlari uchun qoldirish haqida mutasaddilarga koʻrsatma berilgan. “Chilgaz ota” jome masjidini buzdirish toʻgʻrisida esa gap-soʻz boʻlmagan.
Hokimlik matbuot-xizmati oʻzbekistonliklardan ushbu mazmundagi yolgʻon xabarlarga ishonmaslikni soʻrab qolgan va qonunchilikda yolgʻon axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilanganligini eslatib oʻtgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala