Kolumnistlar

Turk mega loyihasi “Istanbul” kanali Rossiya dengiz flotiga xavf soladimi?

© Sputnik / Vitaliy AnkovKruiznыy superlayner MSC Splendida proplыvayet pod vantovыm mostom cherez proliv Bosfor
Kruiznыy superlayner MSC Splendida proplыvayet pod vantovыm mostom cherez proliv Bosfor - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Turkiyada qurilishi boshlangan yangi loyiha - Marmar va Qora dengizlarni tutashtiruvchi "Istambul" kanali kimga foyda va kimga zarar keltiradi?
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik, Sofya Melnichuk, Kseniya Melnikova.
Turkiyaning yangi mega loyihasi - Marmar va Qora dengizlarni tutashtiruvchi "Istambul" kanali qurilishi boshlandi. Yangi kanal Bosfor boʻgʻozining muqobiliga aylanishi va Turkiya gʻaznasiga yirik daromad olib kelishi kerak.
Lekin yangi kanal qoʻshni davlatlar va ekologlarni xavotirga solmoqda. Ekologlar hududning flora va faunasiua jiddiy zarar yetkazishidan xavotir olishayotgan boʻlsa qoʻshnilar Montryo doktrinasi haqida xavotir olishmoqda.

Tarixda eng yirik

“Bugun biz Turkiya rivojlanish tarixida yangi varaqni ochmoqdamiz. “Istanbul” kanali ustidan qurilayotgan koʻprikning tamal toshini qoʻymoqdamiz, deb tantanali eʼlon qildi Erdoʻgʻon. – Yangi koʻprikning shaharga, Turkiyaga va butun xalqimizga foydasi tegsin”.
Erdoʻgʻon aytishiga koʻra, yangi kanal qurilishi borasida barcha kerakli izlanishlar, jumladan uning atrof-muhitga taʼsiri ham oʻrganib chiqilgan. Kelajakda boʻgʻoz atrofida koʻp qavatli uylar va mikrorayonlar, bogʻlar va turistik obʼyektlar, texnologiya rivojlanish hududlari quriladi.
Proyekt kanala Stambul  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Proyekt kanala "Stambul"
“Istanbul” kanali Bosfor boʻgʻoziga trasnport bosimni kamaytirishi kutilmoqda. Soʻnggi vaqtlarda qatnovlar soni oshishi munosabati bilan u shahar uchun doimiy xavf manbaiga aylanib borayotgan edi. Xususan Bosfor boʻgʻozidan yiliga 25 ming dona kema oʻtishi - maqsadga muvofiq (optimal) hisoblanadi. Mutaxassislar 2050 yilga kelib Bosfor boʻgʻozidan yiligia 50 ming kema oʻtishi mumkinligini bashorat qilishgan edi.
“Har yili Bosfor orqali 45 ming kema oʻtadi. Har birik yirik kema shahar uchun xavf tugʻdiradi. Kemalar har xil yuk tashiydi, har qanday avariya xavfga aylanishi, yongʻinlar, vayronagarchiliklar, jumladan madaniy yodgorliklarg zarar yetkazishi mumkin”, - deb tushintirdi Erdoʻgʻon oʻz nutqida.
Haqiqatdan ham, Bosfor kanalida tez-tez turli hodisalar boʻlib turadi. Masalan may oyining oxirida boshqaruvni yoʻqotgan tanker tufayli u yerda harakat toʻxtatilgan edi.
“Istanbul” kanali qurilishiga 6 yil vaqt va 15 milliard dollar xarajat qilish rejalashtirilgan. Mablagʻlarning bir qismi xorijdan olib kelinadi. Masalan Qatardan. Erdoʻgʻon Doxa shahridan aksariyat hollarda koʻp milliarli investitsiyalar bilan qaytib keladi. Yangi kanal 15 yil ichida oʻzini oqlaydi. Kutilayotgan daromad – yiliga bir milliard dollar.
Kabul - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.06.2021
Dunyoda
Turkiya Qobul aeroporti xavfsizligini taʼminlaydi
Bu Turkiyaning eng yirik infratuzilmaviy tashabbusiga aylanadi. Yangi kanal uzunligi – 45 km va eng tor joyi kengligi – 175 metrni tashkil qiladi. Bosfor uzunligi – 30km, eng tor joyi kengligi – 700m. Yangi “Istanbul” kanali kuniga 185tadan ortiq kema oʻtkazishi mumkin. Bosfordan esa kuniga - 118-125ta kema oʻtadi.
Erdoʻgʻon ushbu kanal qurilishi haqida 10 yildan buyon gapirib kelmoqda, lekin yangi loyihani barcha ham qoʻllab-quvvatlamayapti. Masalan, Istanbul shahar meri Ekrem Imamoglu – unga qarshi.
Ekologlar ham bundan norozi: Qora dengizda suv sathi pasayishi mumkin. Marmar dengizida esa ekotizim buzilishi mumkin. Yer qimirlashlari ham sodir boʻlishi, Istanbul chuchuk suv taʼmonoti ham xavf ostida qolishi mumkin – yangi kanal chuchuk suv zahiralarini ham oʻz ichiga oladi. Ular hatto referendum oʻtkazishni talab qilishgan edi.

Dengiz xavfsizligi

Montryo doktrinasi taqdiri esa - alohida masala. Ushbu doktrina Qora dengizga Bosfor va Dardanella boʻgʻozlari orqali kirishni nazorat qiladi. Doktrinaga koʻra, ushbu boʻgʻozlar tijorat kemalari harakatlanishi uchun bepul. Turkiya bunday daromad olmaydi.
Lekin Qora dengiz atrofida joylashmagan davlatlarning harbiy kemalari oʻtishi nazorat qilinadi: ular Qora dengizda 3 haftadan ortiq boʻla olmaydi va ularning umumiy tonnaji 45 ming tonnadan oshmasligi kerak.
Prezident Turtsii Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.06.2021
Dunyoda
Turkiya kemalarga qarshi raketani sinovdan oʻtkazdi - video
Aprel oyida Turkiya Montryo shartnomasidan chiqishni istayotgani va bunga qarshi boʻlgan admirallarning hibsga olinishi haqidagi xabarlar paydo boʻldi. Shundan soʻng prezident Erdoʻgʻon – konventsiya oʻz kuchida qoladi, deb eʼlon qildi. Lekin yangi kanal bitganidan soʻng Anqarada Montryo shartnomasini shartlarini aylanib oʻtish imkoni paydo boʻlishi mumkin.
Turkiya olgʻa surayotgan gʻoyaga aslida qiziq: Istanbul Montryo Konventsiyasiga zid emas va bir vaqtning oʻzida Anqaraning obroʻyini oshiradi, deydi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti ilmiy xodimi Vladimir Avatkov.
“Boshqacha qilib aytganda, loyiha konventsiyaga bogʻliq emas va unga boʻy soʻnmaydi, chunki bu sunʼiy inshoot. Kelajakda u Montryo doktrinasiga xavf solishi mumkin”, - deydi ekspert.
Montryo shartnomasi aʼzolari, Qora dengiz atrofidagi davlatlar ham ushbu kanal qurilishini maʼqullashmaydi. Faqat Qora dengizda Gʻarbiy kuchlar sonini oshirish tarafdori boʻlgan Ukraina va Gruziya uni yoqlashmoqda, - deydi Sharqshunoslik institutining Turkiya boʻlimi ilmiy xodimi Amur Gadjiyev.
Bolshaya mechet Medjidiye v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.06.2021
Analitika
Turkiya Markaziy Osiyoda qanday rol oʻynaydi – ekspertlar fikri
Turk rahbariyati ushbu loyihani gʻarbiiy va Qora dengiz atrofida boʻlmagan davlatlar uchun jozibador qilishni istaydi. Lekin Rumыniya, Bolgariya va Yunonistonga bunday kelajak yoqmayapti.
“Qrim yaqinida Britaniya kemasi bilan sodir boʻlgan provokatsiya kabi holatlar takrorlanmasligi uchun, Rossiga ham buning keragi yoʻq. Moskva Qora dengiz atrofida boʻlmagan davlatlar, ayniqsa NATO Montryo shartnomasini aylanib oʻtib Qora dengiz akvatoriyasida boʻlish huquqini olishini istamaydi”, - deydi Gadjiyev.
AQSH, Britaniya va NATOning boshqa yetakchi davlatlari boshqa fikrda: Montryo shartnomasi eskirgan degan bahonada Qora dengizda harbiy kemalar sonini oshirmoqchi.

Huquqiy holatlar

“Yangi kanal orqali Qora dengizga NATO kemalari kirib kelish xavfi – asossiz”, deb hisoblaydi sharqshunos va publitsist Andrey Ontikov.
“Xoh bu Istanbul yoki boshqa kanal boʻlsin – Montryo doktrinasi faqat Bosfor yoki Dardanella boʻgʻozi orqali kirib kelgan emas, umuman ushbu hududga tegishli boʻlmagan harbiy kemalarning Qora dengizda boʻlishini belgilaydi. Yaʼni agar amerika aviatashuvchi kemalari u yerga yangi Istanbul kanali orqali kirib kelsa ham, bu baribir konventsiya buzilishi boʻladi”, - deydi mutaxassis.
Agar Rossiya va Turkiya munosabatlari keskin yomonlashsa, bu borada turli tortishuvlar kelib chiqishi mumkin. Shu nuqtai nazardan yangi kanaldan foydalanish qoidalarini hujjat sifatida belgilab olish kerak”, - deydi Ontikov.
Nima boʻlganda ham, Montryo doktrinasmi birinchi navbatda Turkiya foydasiga ishlaydi. U Anqara manfaatlarini himoya qilish uchun maxsus yaratilgan, deydi Shimoliy Amerika izlanishlar markazining dengiz huquqlari boʻyicha mutaxassisi Pavel Gudev.
Prezident Turtsii Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2020
Kolumnistlar
“Turkiya xulq-atvorini oʻzgartirish”: Gʻarb nima uchun Erdogʻanni jazolamoqda
“Lekin shartnomaga oʻzgarish kiritish oson ish emas. Buning uchun xalqaro anjuman chaqirish va unda ishtirokchilarning toʻrtdan uch qismining ovozini toʻplash kerak boʻladi. Bu esa – deyarli amalga oshmaydigan ish. Chunki, Rossiya hech qachon rozi boʻlmaydi, boshqa ishtirokchilari ham rozi boʻlishi amri mahol. Turkiyaning oʻzi esa bir tomonlama shartnomadan chiqmaydi, lekin u boshqacha yoʻl tutishi mumkin: kanal va boʻgʻoz orqali oʻtayotgan kemalarni nazorat qilishni toʻxtatib qoʻyishi yoki ularning buzilishini payqamay qolishi mumkin. Oʻshanda boshqalar konventsiya oʻz vazifasini bajarmayapti, uni oʻzgartirish kerak degan xulosaga kelishi mumkin”,. – deyti Gudev.
Hozircha, yangi kanal qurilishi Montryo doktrinasi buzilishiga olib kelishi mumkinligi haqidagi xavotirlar asossiz. Turkiya rahbariyati ham uni oʻzgartirishni istamasligini maʼlum qilmoqda. Yangi kanal maqomi ham hozircha hech qanday belgilanmagan. Ushbu diskussiyaning oʻzi ham Anqara nafaqat oʻz hududida balkim dunyo arenasida salmoqli ishtirokchi boʻlishga intilmoqda. Turk rahbariyatining ishtiyoqlariga alohida eʼtibor berish kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala