Hodisalar

Xushtoridan suratlarni tarqatmaslik uchun 200 mln soʻm olgan ayol yana pul olayotganda ushlandi

Mujchina i jenщina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.06.2021
Ayol fuqarodan bilan birga ishqiy munosabatda boʻlgan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik uchun muntazam pul talab qilib kelgan.
TOSHKENT, 29 iyun — Sputnik. Toshkent shahri Yashnobod tumanida fuqaroni ijtimoiy tarmoqlarda sharmanda qilish bilan qoʻrqitib, pul undirgan ayol ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, G. ismli ayol fuqaro B. bilan birga ishqiy munosabatda boʻlgan foto va videolarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qoʻrqitgan. Tarqatmaslik evaziga 85 mln soʻm talab qilgan. Shundan 10 mln soʻmini oʻziga tegishli boʻlgan plastik kartaga oʻtkazib olgan vaqtida ushlangan.
V Samarkande molodoy pedagog shantajiroval devushku yeye fotografiyami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.04.2021
Hodisalar
Samarqandda oʻqituvchi 21 yoshli qizning suratlarini tarqatmaslik uchun 400 $ soʻradi
Bundan tashqari, G. joriy yilning mart oyidan shu kunga qadar B.ning 200 mln soʻmdan ortiq pulini tovlamachilik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan. Bunda ham suratlar va videolarni tarqatish bilan qoʻrqitgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala