Jamiyat

Bosh konsulxona Volgogradda Oʻzbekiston fuqarolari bilan boʻlgan YTHni nazoratga oldi

© Press-slujba GU MVD Rossii po Volgogradskoy oblasti Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas "GAZel" s grajdanami Uzbekistana
Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas GAZel s grajdanami Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Rossiyaning Volgograd viloyatida 13 nafar Oʻzbekiston fuqarolari ishtirokida bergan hodisani Rostov-na-Donudagi bosh konsulxona oʻz nazoratiga oldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
Maʼlum qilinishicha, 1997 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi Volgograd-Moskva trassasida GAZ 322131 (“GAZel”) avtomobilini boshqarib ketayotib, boshqaruvni yoʻqotgan. Natijada avtomobil yoʻl chetidagi ariqqa agʻdarilib ketgan.
Hozirda haydovchi Volgograd shahridagi 25-sonli shahar klinika kasalxonasining jonlantirish boʻlimida. Mavjud maʼlumotlarga koʻra, qolgan yoʻlovchilar YTH oqibatida yengil tan jarohati olgan va yuqorida tilga olingan tibbiyot muassasasiga koʻrikdan oʻtish uchun yuborilgan.
Na trasse Volgograd-Moskva perevernulas GAZel s grajdanami Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Hodisalar
Rossiyada ichida oʻzbekistonliklar boʻlgan “Gazel” agʻdarilib ketdi – video
“Vaziyat Bosh konsulxona nazorati ostida”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala