Siyosat

Hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatganlik uchun jazo kuchaytirilishi kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente
Sotrudniki DPS i Natsionalnoy gvardii na postu v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
JKning 219-moddasi birinchi qismidagi jinoyat uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir yildan uch yilgacha kuchaytirilishi mumkin.
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatganlik uchun jinoiy javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmat xabar berdi.
OʻzLiDeP fraktsiyasining 28 iyun kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi yigʻilishida “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilingan.
Sotrudnik GAI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2020
Namanganlik deputat IIV xodimining pogonini yulib oldi
Taʼkidlanishicha, mazkur loyiha bilan Jinoyat kodeksining 219-moddasi birinchi qismi (Qarshilik koʻrsatish, yaʼni xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik koʻrsatish) sanktsiyasidagi jazo choralarini kuchaytirish taklif qilinmoqda.
Endi jarima miqdori BHMning 50 baravaridan 100 baravarigacha oshirilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash jazo chorasi kiritilmoqda va ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir yildan uch yilgacha kuchaytirilishi koʻzda tutilmoqda.
Deputatlarning fikriga koʻra, javobgarlikni belgilash orqali hokimiyat vakillarining huquqiy himoyasi taʼminlanadi.
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.04.2020
Hodisalar
Fargʻonada ommani hokimiyat vakilining talabini bajarmaslikka chorlagan ayolga chora koʻrildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala