Migratsiya

Janubiy Koreyada noqonuniy ishlayotgan oʻzbekistonliklar ushlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Seul
Goroda mira. Seul - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Koreya Respublikasida noqonuniy ishlayotgan migrantlar ushlandi.
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasining qator mahalliy administratsiyalari oʻrtasida tuzilgan kelishuvlarga asosan respublika fuqarolari 5 oylik mavsumiy ishlarda YE-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu davlatga yuborilmoqda.
Naruchniki. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.06.2021
Hodisalar
Toshkentda Janubiy Koreya fuqarosi oʻz vatandoshini pichoqlab oʻldirdi
Mazkur fuqarolar Koreya Respublikasiga borgandan keyin belgilangan tartibga koʻra, maʼlum muddat karantin hududida saqlanmoqda. Karantinda saqlanayotgan fuqarolar bilan ushbu davlatga YE-9 vizasi bilan 2014 yilda kelib, ayni paytda noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari ogohlantirishsiz uchrashmoqchi boʻlganda Koreya Respublikasi ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.
© Agenstvo vneshney migratsiiV Yujnoy Koreye zaderjali nelegalno rabotayuщix grajdan Uzbekistana
V Yujnoy Koreye zaderjali nelegalno rabotayuщix grajdan Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
V Yujnoy Koreye zaderjali nelegalno rabotayuщix grajdan Uzbekistana
Ulardan karantin hududiga kirish sababi soʻralganda, asl maqsadini, yaʼni YE-8 vizasi bilan kelgan fuqarolarni noqonuniy olib ketmoqchi boʻlganini yashirib, u yerdagi fuqaroga telefon apparatini bermoqchi ekanini aytgan.
Hozirgi vaqtda fuqarolarni mamlakat hududidan chiqarib yuborish boʻyicha hujjatlar tayyorlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala