Jamiyat

Jizzaxda yangi universitet tashkil etildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishBolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii
Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlaydi.
TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Hukumat qarori bilan Jizzax shahrida “Sambhram” universiteti tashkil etildi.
“Sambhram” universiteti (Hindiston) nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash Universitetning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlaridan biridir.
Universitetda oʻqitish kunduzgi taʼlim shaklida ingliz, rus tillari va davlat tilida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari Universitet tomonidan belgilanadi.
Press-sekretar prezidenta Uzbekistana Sherzod Asadov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.06.2021
Jamiyat
Yangi Oʻzbekiston universiteti barcha bilimdon yoshlar uchun ochiq – Asadov
Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston va Hindistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.
Qarorga koʻra, Universitetga har yili qabul qilinadigan talabalarning 20 foizini oʻqitish uchun imtiyozli taʼlim grantlari ajratiladi. Bunda talabalarning 5 foizini bepul oʻqitish, 5 foiziga 50 foizli, 10 foiziga 25 foizli toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlab berish boʻyicha imtiyozlar taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala