Moskvadagi “Sadovod” savdo markazida kuniga o‘rtacha ikki mingdan ziyod migrant emlanmoqda

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVaksinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TS "Sadovod"
Vaksinatsiya migrantov ot COVID-19 na territorii TS Sadovod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2021
Obuna bo‘lish
29 iyundan “Sadovod”da migrantlarni kovidga qarshi “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlash boshlangan.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Moskadagi “Sadovod” savdo markazi oldida kuniga o‘rtacha ikki mingdan ziyod migrant koronavirusga qarshi emlanmoqda. Bu haqda shahardagi 175-sonli poliklinika bosh shifokori Andrey Fedoruk ma’lum qildi.
29 iyundan “Sadovod”da migrantlarni kovidga qarshi “Sputnik Layt” vaksinasi bilan emlash boshlangan.
“Har soat bir guruh jamoa keltirilmoqda, bir soatda 120 nafargacha kishini emlayapmiz. Bu yerda bir sutkada o‘rtacha 2 mingdan ziyod kishi emlanishi mumkin”, - dedi shifokor. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Kuryeri slujb dostavki Delivery Club i Yandeks Yeda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2021
Delivery Club migrant-kuryerlari kovidga qarshi emlanadi
Chet el fuqarolarini emlash ish beruvchilarning arizasida binoan amalga oshirilmoqda. Emlash pulli bo‘lib, uning narxi 1300 rublni tashkil etadi. “Sadovod”dgi emlash punkti soat 8:00 dan 20:00 ga qadar ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 28-iyundan Moskvada migrantlarni emlash punktlari ochilgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0